Учебник по изобразительному искусству для 6 класса на узбекском языке.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at fanining asosiy maqsadi o‘quvchilarning badiiy-estetik tarbiyasi hisoblanib, bu fan yoshlarni komil inson qilib shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tasviriy san’at darslari o‘quvchilarning rasm ishlash malakalarini o‘stiribgina qolmay, balki ularning badiiy fikrlash doirasini kengaytiradi, ijodiy qobiliyatlar, kuzatuvchanlik, ko‘z xotirasini rivojlantiradi. Shuningdek, tasviriy san’at fani o‘quvchilarda milliy istiqlol g‘oyalarini shakllantirishda, ayniqsa, ularni axloq, vatanparvarlik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda katta imkoniyatlarga ega.
