Учебник по изобразительному искусству для 7 класса на узбекском языке.
Hurmatli oʻquvchi! Sizga taqdim etilayotgan ushbu yangi avlod darsligida tasviriy sanʼatning turlari, janrlari, oqim va yo‘nalishlari, ijodkor rassomlar, dizayn, kompozitsion faoliyat, kitobat sanʼati haqidagi maʼlumotlar bilan tanishasiz. Tasviriy sanʼat darslarida olgan bilimla ringiz, o‘zlashtirgan amaliy kompetensiyalaringiz kasb tanlashingizda sizga yaqindan yordam beradi. Buning uchun darslikdagi mavzularni qunt bilan oʻzlashtirishingiz, amaliy topshiriqlarni bajarib, oʻz mahoratingizni oshirib borishingiz lozim boʻladi. Umid qilamizki, ushbu darslik ijodiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan rassomlik, haykaltaroshlik, dizaynerlik, meʼmorlik kabi kasblar haqida tasavvur hosil qilishingiz uchun muhim manba vazifasini o‘taydi.
PUANTILIZM USLUBIDA MANZARA ISHLASH.
Puantilizm (fransuzcha “pointillisme”, “point” – nuqta) tasviriy sanʼatning mustaqil oqimi sifatida 19-asr oxirida Fransiyada paydo boʻlgan. Bu usulda toza rang larni nuqta yoki toʻrtburchak shaklida ishlatish orqali tasvir hosil qilinadi. Pol Sinyak, Jorj Syora, Anri Edmon Kros kabi fransuz rassomlari puantilizm uslubida ijod qilgan dastlabki rassomlar hisoblanadi. Oʻzbekistonlik rassomlardan Xalq rassomi Anvar Mirsoatov, Zuhriddin Islomshikov, Dilyus Mirsalimovlar puantilizm uslubida bir qancha asarlar ishlashgan.
Puantilizm uslubida ishlangan rasmda (15-rasm) rassom toʻrtburchak shakldagi rang surtmalari vositasida togʻli qishloq manzarasini tasvirlagan. Manzara tasvirida rassom ranglarni yonma-yon va ustma-ust qoʻyishda kontrast ranglardan foydalangan.
MUNDARIJA.
1-CHORAK.
1-mavzu. Tasviriy san’atda ramziy belgi va geraldika.
2-mavzu. San’at festivali, sport musobaqasi logotipini ishlash.
3-mavzu. Tasviriy san’atda oqim va yo‘nalishlar. Impressionizm va postimpressionizm.
4-mavzu. Puantilizm uslubida manzara ishlash.
5-mavzu. Puantilizm uslubida natyurmort ishlash.
Nazorat ishi. Puantilizm uslubida manzara (yoki natyurmort) ishlash.
6-mavzu. Kubizm uslubida natyurmort ishlash.
2-CHORAK.
7-mavzu. Grafi k dasturlar yordamida kitob muqovasi dizaynini ishlash.
8-mavzu. Kitob illyustratsiyasi Nazorat ishi. Adabiyot darslarida o‘rganilgan mavzulardan biriga illyustratsiya ishlash.
9-mavzu. Shriftli-grafi k kompozitsiya.
10-mavzu. Kollaj texnikasida tasvir ishlash.
3-CHORAK.
11-mavzu. Haykaltaroshlikda portret.
12-mavzu. Haykaltaroshlik materiallaridan dekorativ buyumlar yasash.
13-mavzu. Landshaft dizayni uchun funksional-dekorativ haykalcha yasash.
14-mavzu. Haykaltaroshlikda dekorativ panno yasash. Relyef.
Nazorat ishi. Plastilin yoki loydan ixtiyoriy mavzuda relyefsimon kompozitsiya yasash.
15-mavzu. O‘zbekiston amaliy bezak san’atida ramziy shakllar.
16-mavzu. Islimiy naqsh ishlash.
4-CHORAK.
17-mavzu. Dizayn san’ati.
18-mavzu. Arxitekturada kompozitsiya. Interyer dizayni.
19-mavzu. Arxitekturada kompozitsiya. Eksteryer dizayni.
20-mavzu. Arxitektura muhitida graffi ti kompozitsiyasi.
Nazorat ishi. “Sport musobaqalari” mavzusida devoriy tasvir – graffi ti uchun kompozitsiya ishlash.
21-mavzu. “Orzumdagi shahar” mavzusida me’moriy kompozitsiya ishlash.
22-mavzu. Fotografi yada kompozitsiya.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Tasviriy san’at, 7 sinf, Sulaymonov A., Muhamedjanova S., 2022 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Хештеги: #учебник на узбекском языке :: #изобразительное искусство :: #Sulaymonov :: #Muhamedjanova :: #7 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- Súwretlew óneri, 3 klas, Xudoyberganov Z., 2022
- Антистрессовые раскраски для взрослых, Цветы и узоры, Альбом для раскрашивания, 2016
- Антистрессовые раскраски для взрослых, Цветы и узоры, Альбом для раскрашивания, 2016
- Мама, я умею рисовать, Куцакова Л.В., 2007
Предыдущие статьи:
- Tasviriy san’at, 6 sinf, Muratov X.X., Mirxakimova D., 2022
- Tasviriy san at, 3 sinf, Xudayberganov R.A., 2022
- Tasviriy san at, 3 sinf, Mashq daftari, Yunusova В.М., Mirxakimova D.А., 2022
- Tasviriy san at, 3 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Vaxabova N., Xashimova Z., 2022