Учебник по географии для 7 класса на узбекском языке.
Aziz o‘quvchilar! Siz bu yildan boshlab yangi fan — Geografiyani o‘rganishni boshlaysiz. Mazkur fan sizning ona sayyoramiz — Yer tabiati haqidagi bilimlaringizni yanada mustahkamlaydi. Yer yuzidagi yirik suvlik va quruqliklar — materiklar va okeanlar, ularning qismlari tabiati, ularda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan tanishtiradi. Ushbu darslikni o‘qish orqali siz materiklar va okeanlarni o‘rgangan sayyohlarning faoliyati, turli materiklar iqlimi, suvlari, tabiat zonalari, okeanlar va ularning yirik qismlari — dengizlar, qo‘ltiq va bo‘g‘izlar tabiati bilan yaqindan tanishasiz. Ularni bilish, tahlil qila olish esa yurtimiz tabiatida kuzatilayotgan o‘zgarishlarni tushunishingizda, ularni tahlil qilish orqali kelajakda Yer yuzi va mamlakatimiz tabiatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ekologik va geoekologik muammolarning oldini olishga tayyorgarlik ko‘rishda sizga yo‘lboshchi bo‘ladi.
Geografiya va uning tarmoqlari haqida tushuncha.
Geografiya juda qadimgi fan. Miloddan avvalgi III asrda yunon olimi Eratosfen “Geografika” nomli kitob yozib, ushbu fanga asos solgan. Yunoncha “geo” — Yer, “grafo” — yozaman degan ma’noni bildiradi. Demak, “Geografiya” so‘zi “Yerni tasvirlab yozaman”, “Yerning tasviri” degan ma’nolarni anglatadi.
Geografiyaning o‘rganish obyekti — geografik qobiq. U Yer sayyorasining o‘ziga xos qobig‘i. Bu haqida siz keyingi mavzularda batafsil o‘rganishingiz mumkin.
Geografiya Yer yuzining tabiati, aholisi, uning xo‘jaligini, insonning tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish masalalarini o‘rganadigan fandir. Geografiya bilan shug‘ullanadigan kishilar geograflar deb ataladi.
MUNDARIJA.
So‘zboshi.
I BOB. KIRISH.
1.1. Geografiya fani haqida tushuncha.
1.2. Geografik kashfiyotlar va hozirgi zamon geografiyasi.
II BOB. GEOGRAFIK XARITALAR.
2.1. Geografik xaritalar.
2.2. Geografik koordinatalar.
2.3. Masshtab.
2.4. Amaliy mashg‘ulot.
III BOB. GEOGRAFIK QOBIQ.
3.1. Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari.
3.2. Geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari.
3.3. Litosfera va uning harakatlari.
3.4. Yerning iqlim mintaqalari.
3.5. Landshaftlar.
3.6. Yer yuzi aholisi va uning tabiatga ta’siri.
IV BOB. DUNYO OKEANI.
4.1. Dunyo okeani va uning qismlari.
4.2. Dunyo okeani tubining geologik tuzilishi va relyefi.
4.3. Okean suvining xususiyatlari.
4.4. Okean boyliklari va ulardan foydalanish.
4.5. Umumlashtiruvchi dars.
V BOB. MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIATI.
Afrika materigi.
5.1. Geografik o‘rni va o‘rganilishi.
5.2. Geologik tuzilishi, relyefi va foydali qazilmalari.
5.3. Materik iqlimining xususiyatlari. Iqlim mintaqalari.
5.4. Afrika materigining ichki suvlari.
5.5. Amaliy mashg‘ulot.
5.6. Materikning tabiat zonalari.
5.7. Tabiiy geografik o‘lkalari. Materik tabiatiga insonning ta’siri.
5.8. Atlantika okeani.
5.9. Hind okeani.
5.10. Amaliy mashg‘ulot.
5.11. Umumlashtiruvchi dars.
Avstraliya materigi.
5.12. Geografik o‘rni, o‘rganilishi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari va relyefi.
5.13. Iqlimi, ichki suvlari va tabiat zonalari.
5.14. Materik aholisi va uning tabiatga ta’siri.
5.15. Umumlashtiruvchi dars.
5.16. Tinch okean.
5.17. Okeaniya.
5.18. Amaliy mashg‘ulot.
Antarktida materigi.
5.19. Geografik o‘rni, o‘rganilishi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi.
5.20. Iqlimi va organik dunyosi.
Janubiy Amerika materigi.
5.21. Geografik o‘rni, o‘rganilishi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi.
5.22. Iqlimi va ichki suvlari.
5.23. Amaliy mashg‘ulot.
5.24. Janubiy Amerika tabiat zonalari va balandlik mintaqalari.
5.25. Tabiiy geografik o‘lkalari. Aholisi va uning tabiatga ta’siri.
Shimoliy Amerika materigi.
5.26. Geografik o‘rni, o‘rganilishi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi.
5.27. Shimoliy Amerika iqlimi va ichki suvlari.
5.28. Shimoliy Amerikaning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari.
5.29. Amaliy mashg‘ulot.
5.30. Tabiiy geografik o‘lkalari va aholisining tabiatga ta’siri.
5.31. Shimoliy Muz okeani.
5.32. Umumlashtiruvchi dars.
Yevrosiyo materigi.
5.33. Yevrosiyoning geografik o‘rni, o‘rganilishi.
5.34. Geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. Relyefi.
5.35. Yevrosiyo iqlimi.
5.36. Yevrosiyoning iqlim mintaqalari.
5.37. Yevrosiyoning ichki suvlari.
5.38. Amaliy mashg‘ulot.
5.39. Yevrosiyoning tabiat zonalari.
5.40. Yevrosiyo aholisi va uning tabiatga ta’siri.
5.41. Yevrosiyo hududining tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘linishi.
5.42. Amaliy mashg‘ulot.
5.43. Umumlashtiruvchi dars.
Ilovalar.
Izohli lug‘at.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Geografiya, 7 sinf, Mirakmalov M.T., 2022 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Хештеги: #учебник на узбекском языке :: #география :: #Mirakmalov :: #7 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
Предыдущие статьи:
- Авиационная метеорология, Яковлев А.М., 1971
- Авиационная метеорология, Богаткин О.Г., 2005
- Цифровая стереоскопическая модель местности, Экспериментальные исследования, Книжников Ю.Ф., Кравцова В.И., Балдина Е.А., 2004
- Историческая география античного мира, Никишин В.О., 2022