O‘zbek tili, 11 sinf, Muxitdinova X., 2020

O‘zbek tili, 11 sinf, Muxitdinova X., 2020.

Учебник по узбекскому языку для 11 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
O‘zbekiston 130 dan ortiq millat va elat yashaydigan ko‘p millatli davlat hisoblanadi. Yurtimiz mustaqillik davrida ko‘plab sohalarda yutuqlarga erishib kelmoqda. O‘zbekiston bu vaqt davomida mustaqil davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti kabi ko‘plab xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘ldi. Hozirgacha 140 qa yaqin davlat bilan diplomatik aloqalar o‘rnatib, jahonda o‘zining ochiq siyosati bilan e’tibor qozonib kelmoqda.

O‘zbek tili, 11 sinf, Muxitdinova X., 2020


ILM VA HUNAR O‘RGANISH.
Ajdodlarimizdan bir ulamo aytgan ekan: “Ilm yoki hunar o‘rgan, u sening yoshlik paytlaringda to‘g‘ri yurishingni ta’minlaydi. Katta bo‘lganingda buyuk shaxsga aylanishingda asosiy sabablardan biri bo‘ladi. Ilm va hunar doim sening hamrohing bo‘lib, adashishingdan va qoqilishingdan saqlaydi”. Darhaqiqat, yoshlikda ilm yoki hunar o‘rganish payida bo‘lish kerak.

Ilm yoki hunar o‘rganishning shartlari ham bor: avvalo, ilm va hunarni ziyraklik va rag‘bat bilan egallash lozim. Qolaversa, ilm va hunarni yaxshi niyatlarni ko‘zlab, turmushga tatbiq etish uchun o‘rganish zarur. Shunda u insonlarning og‘irini yengil, hayotini farovon qiladi. Ilmli va hunarmand kishi esa bundan huzurlanadi, zavqlanadi.

MUNDARIJA.
1-mavzu. O‘zbekiston – kelajakda. (Uyushiq bo‘laklar).
2-mavzu. Ziyraklik. (Ajratilgan bo‘laklar).
3-mavzu. Buyuk ajdodlarimiz. (Kiritma bo‘laklar).
4-mavzu. O‘lkamizning asl farzandlari. (Undalma).
5-mavzu. Orzumdagi kasb. (Monologik matn).
6-mavzu. Hunarning sharofati. (Dialogik matn).
7-mavzu. Kino tadbirkorligi. (Matn bilan ishlash).
8-mavzu. Qardosh xalqlar do‘stligi. (Iboralar).
9-mavzu. Dunyo tan olgan adiblar. (Ko‘chma ma’noli so‘zlar).
10-mavzu. Vaqt qadri. (Sinonim va antonim so‘zlar).
11-mavzu. Iste’mol madaniyati. (Omonim so‘zlar).
12-mavzu. Xatoni tan olish. (Tasviriy ifodalar).
13-mavzu. Sayohatning foydasi. (Nutq uslublari.So‘zlashuv va badiiy uslub).
14-mavzu. Savdoning xosiyati. (Rasmiy va ilmiy uslub).
15-mavzu. Odamiylik bahosi. (Publitsistik uslub).
16-mavzu. Ota ibrati. (O‘tilganlarni takrorlash).



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу O‘zbek tili, 11 sinf, Muxitdinova X., 2020 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Хештеги: :: :: ::