Учебник по узбекскому языку для 7 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Toshkent — mustaqil O‘zbekiston Respublikasining poytaxti. Keyingi yillarda poytaxtimizning qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib, kundan kunga chiroyli bo‘lib bormoqda. Eski shahar mavzelari, istirohat bog‘lari, o‘nlab bozorlar yangidan qurildi. Shaharning turli tumanlarida muhtasham ko‘priklar, ravon yo‘llar, piyodalar uchun yerosti yo‘lkalari qurildi. Sharqona va milliy uslublarda ko‘plab zamonaviy inshootlar barpo etildi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasining yangi binosi, Bolalar ijodiyoti markazi, O‘zbek milliy liboslari galereyasi, Xalqaro anjumanlar saroyi, „Bunyodkor“ sport kompleksi, o‘nlab o‘quv yurtlari, oilaviy poliklinikalar, mahalla markazlari qurildi.
Mirzo Ulug‘bekning ustozi.
Rivoyat qilishlaricha, Mirzo Ulug‘bek bolalik paytida Amir Temur Rumdan chaqirib keltirgan bir donishmanddan saboq olgan. Donishmandning bir odati bo‘lib, saboq berish vaqtida boshini engashtirib, yerga qarab o‘tirar ekan. Agar shogirdi biror jumlani yanglish o‘qisa, unga qarab qo‘yar ekan.
Bir kuni Mirzo Ulug‘bek kitob o‘qiyotgan edi. U: „Uddasidan chiqmagan narsangizni nega va’da qilasiz?“ degan jumlani o‘qigach, ustozi unga bir qarab qo‘yibdi. Mirzo Ulug'bek: „Ehtimol, yanglish o‘qigan bo‘lsam kerak“, deb jumlani diqqat bilan qaytadan o‘qibdi. Ammo ustozi bu gal ham boshini ko‘tarib, unga qarab qo‘yibdi.
Mirzo Ulug‘bek saboqdan keyin bobosi yoniga kelib:
— Bobojon, ustozimga biror narsa va’da qilgan bo‘lsangiz, darhol va’dangizga vafo qiling, — deb boMgan voqeani aytib beribdi. Amir Temur nabirasining hikoyasini eshitib:
— Ustozing mendan Rumda qolib ketgan kutubxonasini olib kelishga odam yuborishimni iltimos qilgan edi. Men va’da qilgan edim, ammo yodimdan ko‘tarilib ketibdi, — debdi. So‘ng shu zahotiyoq rumlik donishmandga bergan va’dasini bajo keltirish uchun farmon beribdi.
MUNDARIJA.
1-2-mavzu. Poytaxtim — faxrim.
3-4-mavzu. Mahallam.
5-7-mavzu. Ustozlar.
8-10-mavzu. Til bilgan — el biladi.
11-13-mavzu. Insoniy fazilatlar.
14-16-mavzu. O‘zbekiston tog‘lari.
17-19-mavzu. Shifobaxsh o‘simliklar.
20-22-mavzu. Vatanga sadoqat.
23-24-mavzu. Vatan sarhadlari.
25-27-mavzu. Alisher Navoiy.
28-29-mavzu. Adabiyot muzeyida.
30-32-mavzu. Ona — ulug‘ zot.
33-35-mavzu. Milliy urf-odatlarimiz.
36-38-mavzu. Amir Temur.
39-40-mavzu. Suv — hayot manbayi.
41-43-mavzu. O‘zbekistonning suv havzalari.
44-46-mavzu. Sport — salomatlik garovi.
47-49-mavzu. Mening orzularim.
O‘zbekcha-turkmancha lug‘at.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу O‘zbek tili, 7 sinf, Muxitdinova X.S., Avlakulov Y.I., Nuriddinova D.A., 2017 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Хештеги: #учебник на узбекском языке :: #узбекский язык :: #Muxitdinova :: #Avlakulov :: #Nuriddinova :: #7 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- Baliqchi va baliq haqida ertak, Pushkin А., 2017
- O‘qish kitobi, 4 sinf, Matchonov S., Shojalilov A., G‘ulomova X., 2020
- Хикматлар, Навоий А., 2011
- O‘zbek tili, 8 sinf, Muxitdinova X.S., 2019
Предыдущие статьи:
- O‘zbek tili, 5 sinf, Rafiyev A., Muhammadjonova G., Alovuddinova N., 2015
- O‘zbek tili, 4 sinf, Rafiyev A., Muhammadjonova G., 2020
- O‘zbek tili, 4 sinf, Rafiyev A., Muhammadjonova G., 2017
- O‘zbek tili, 3 sinf, Rafiyev A., Muhammadjonova G., Ziyamuhamedova G., 2019