Ona tili, 11 sinf, Mengliyev B., Toshmirzayeva S., Atoyeva S., Majidova S., 2020

Ona tili, 11 sinf, Mengliyev B., Toshmirzayeva S., Atoyeva S., Majidova S., 2020.

Учебник по родному языку для 11 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Alisher Navoiy istiqomat qilgan uy „Unsiya“ deb atalib, o‘z davrida chin do‘stlar, ijod ahli, ustoz va shogirdlar uchun dilbar suhbatlar oshyoni, ezgulik, xayr-u ehson hamda ilm-ma’rifat maskani bo‘lgan. Ahli toliblar kamoloti uchun u zot bunyod etgan madrasalardan biri „Ixlosiya“ deb yuritilgan. Hazrat mangu qo‘nim topgan „Musallo“ maydoni esa ezgu niyatlar, xayrli duolar qilinadigan pok ko‘ngillar sajdagohi sifatida ma’lum va mashhurdir.

Ona tili, 11 sinf, Mengliyev B., Toshmirzayeva S., Atoyeva S., Majidova S., 2020


URG‘U TALAFFUZI.
Juftliklardagi urg‘u ta’sirida sodir bo‘ladigan ma’no o‘zgarishini aniqlang.
1. O‘zlarimi? Qaysi shamol uchirdi? – Bugungi ishni qizlar o‘zlari bitirib qo‘yishar ekan. 2. Uzoqdagi nishonni ko‘zlar ekanman, o‘qim bexato ketsa, snayper safdoshlarimni yer tishlatishini yaxshi bilar edim. – Jimgina boqib turgan bu ko‘zlar juda tanish, qiziq, qayerda ko‘rganman? 3. Ma, yuvib ye, yangi uzilgan. O‘zimizning tomorqadan! – Kasallikka qarshi yangi usulni qo‘llash, yangi preparatlarni sinovdan o‘tkazish talab etilmoqda. 4. Heech shu shaharcha odatlaring qolmadi-qolmadi-da, Orziqulov. – Qurilajak bu shaharcha harbiylarning oilalariga munosib sovg‘a bo‘ladi. 5. Osma ko‘prikdan o‘tib, buloq bo‘yiga tushib bordim. – Behuda safsatalar bilan yelkangga gunoh xaltasini osma, savobingni ko‘paytir.

Gaplarni o‘qing. Urg‘u ta’sirida talaffuzda sodir bo‘ladigan tovush o‘zgarishlarini aniqlang.
1. Barakalla, boplabsan, xo‘o‘p yaxshi ish qilibsan. 2. Bu – biznes, unga tasavvur qilganingdan ham aancha katta pul tikkanman. 3. Bilasanmi, uzoooq o‘yladim, oxiri qayerda xato qilganimni topgandek bo‘ldim. 4. Muncha shiriiin bu tabassum? 5. Senga nima? O‘o‘o‘tiribman katta idoraga xo‘jayin bo‘lib! 6. Vey, bu bola uchchiga chiqqan ayyor, jaa muttaham ekan-ku! 7. Yashshamagur, nimalar qilib qo‘ydiiing, qara, boyaqish yumm-yumm yig‘layapti! 8. Xo‘o‘sh, shu gaplarni o‘ylab gapiryapsanmi? Uyalmaysanmi?

MUNDARIJA.
I FASL. TALAFFUZ VA IMLO ME’YORLARI.
1-mavzu. Talaffuz va imlo.
2-mavzu. Nutqda o‘zgaruvchi unlilar.
3-mavzu. Nutqda o‘zgaruvchi undoshlar.
4-mavzu. Matn va lug‘at bilan ishlash.
5-mavzu. Urg‘u talaffuzi.
6-mavzu. Qo‘shib yoziladimi, ajratib?.
7-mavzu. Matn va lug‘at bilan ishlash.
II FASL. SO‘Z QO‘LLASH ME’YORLARI.
8-mavzu. Nutqda o‘rinli va noo‘rin so‘zlar.
9-mavzu. Nutqdagi taqiqlar.
10-mavzu. Evfemizm va disfemizmlar.
11-mavzu. Olmoshlar uslubiyati.
Mustahkamlash darsi.
12-mavzu. Matn va lug‘at bilan ishlash.
III FASL. BARQAROR BIRIKMALAR – NUTQIMIZ KO‘RKI.
13-mavzu. So‘z va ibora teng emas.
14-мavzu. Maqolni o‘rinli qo‘llash.
15-mavzu. Tasviriy ifoda – ko‘tarinki nutq vositasi.
IV FASL. MADANIY NUTQNING GRAMMATIK VA PUNKTUATSION ME’YORLARI.
16-mavzu. Ortiqcha qo‘shimchalar.
17-mavzu. Qo‘shimchalar tanlovi.
18-mavzu. Nutqda shakl va mazmun mosligi.
19-mavzu. Tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llash.
20-mavzu. Matn va lug‘at bilan ishlash.
Mustahkamlash darsi.
21-mavzu. Ish qog‘ozlari bilan ishlash.
YIL DAVOMIDA O‘TILGANLARNI TAKRORLASH.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Ona tili, 11 sinf, Mengliyev B., Toshmirzayeva S., Atoyeva S., Majidova S., 2020 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Хештеги: :: :: :: :: :: ::


 


 

2024-04-16 08:23:24