O‘zbek tili, 10 sinf, Lafasov U., Tolipova F., 2020

O‘zbek tili, 10 sinf, Lafasov U., Tolipova F., 2020.

Учебник по узбекскому языку для 10 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Bundan bir necha yil muqaddam burgutlar haqidagi ilmiy-ommabop filmni o'zbek tiliga o'girishga to'g'ri keldi. Filmning nomini o'zbek tiliga o'girayotgan paytim biroz o'ylanib qoldim. Xayolimda “Ozod burgutlar parvozi”, degan nom aylanib yuraverdi. “Burgutlar parvozi” desa ham bo'ladi, “Ozod burgutlar”, deyish shartmi, axir burgutlarning ozod va erkin qush ekanini hamma biladi-ku, derdim o'zimga. Ammo “ozod”, “burgut”, “parvoz” degan so'zlar negadir bir-biriga hamohang, mos va munosib tuyilaverdi.

O‘zbek tili, 10 sinf, Lafasov U., Tolipova F., 2020


O‘RGANISHDAN TO'XTAMANG.
Matnni o'qing va topshiriqlarni bajaring.
Avtotyuning sohasida Miraziz Mirsaidov «Eastline Garage» firmasining hammuassisi hisoblanadi, u biznes sherigi bilan Moskvada tyuning atelye ochgan. U o‘z tajribasi bilan o'rtoqlashdi. Otam hunarni o'rgatmoqchi bolganida xohlamagan vaqtlarim bolgan. Moskvaga 2008-yilda o'qish niyatida kelganman. Rus maktabida o'qiganim uchun oliy o'quv yurtiga birinchi yil kira olmadim. Ingliz tilini o'rganishni boshladim. Bolaligimdan avtomobillarning har xil turlariga qiziqaman. Rossiyaning MTV telekanalida «Тачки на прокачки» ko'rsatuvi bo'lardi. Unda mashinaning saloni, texnik ko'rsatkichlari, motor va boshqa butlovchi qismlarini o'zgartirishardi. Menda ham shunga qiziqish bo'lgan. Aynan, avtoatelye ochishni maqsad qilganligimning sababi - bu soha, ya'ni teri, charm bilan ishlash ota-bobomdan meros hisoblanadi. Bobom Asaka shahrida poyabzal ustasi bo'lgan, undan otamga o'tgan. Otamdan men o'rganganman. Men uchinchi-to'rtinchi avlod kosibman. Dadamning poyabzal ishlab chiqarish sexi bo'lardi yoshligimizda. Hammasini ko'rib katta bo'ldim. 2013-yil Moskvaga o'qishga kirish niyatida qaytib keldim. Orada sherigim Temur bilan tanishib qoldim. Men charm bilan qanday ishlash texnologiyasini, tikuv usullarini bilaman. Unda ham avtoatelye ochish g'oyasi bo'lgan. Ammo hunarmand sherigi bo'lmagani uchun g'oyasini amalga oshira olmagan. Salon bo‘yicha katta usta o'zimman.

MUNDARIJA.
1-mavzu. Vatanparvarlik. (Gap bo'laklari).
2-mavzu. Oilam - faxrim. (Bosh bo'laklar).
3-mavzu. 0‘rganishdan to'xtamang. (Ega).
4-mavzu. Do'stlikni qadrlash. (Kesim).
5-mavzu. Kitobdan olgan saboqlarim. (Fe’l-kesim va ot-kesim).
6-mavzu. Ilm odobi. (Ega va kesim orasida tirening ishlatilishi).
7-mavzu. Buyuk kashfiyotlar. (Aniqlovchi).
8-mavzu. Axborot almashish vositalari. (To'ldiruvchi).
9-mavzu. Dolzarb teledasturlar. (To'ldiruvchining ifodalanishi).
10-mavzu. Ekologik muammolar. (Hol).
11-mavzu. Madaniyatli inson. (Holat holi).
12-mavzu. Dunyo mo'jizalari. (Payt holi).
13-mavzu. Mehnatning qadri. (O‘rin holi).
14-mavzu. Mehmon aziz. (Miqdor holi).
15-mavzu. Tansiq taomlar. (Sabab holi).
16-mavzu. Salomatlik. (Maqsad holi).
17-mavzu. Orzuga erishish. (Takrorlash).



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу O‘zbek tili, 10 sinf, Lafasov U., Tolipova F., 2020 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Хештеги: :: :: :: ::


 


 

2024-04-19 08:40:16