Учебник по алгебре для 8 класса на узбекском языке.
Aziz o‘quvchi! Siz 7-sinf „Algebra“ kursida algebraik ifodalar, bir noma’lumli birinchi darajali tenglamalar, birhadlar va ko‘phadlar, ko‘phadni ko‘paytuvchilarga ajratish usullari, algebraik kasrlar bilan tanishgansiz hamda bu mavzularga doir misol va masalalarni yechgansiz. 7-sinfda „Algebra“dan olgan bilimlaringizni yodga solish maqsadida Sizga bir necha mashqlar taklif etamiz.
TEKISLIKDA TO‘G‘RI BURCHAKLI KOORDINATALAR SISTEMASI.
Tekislikda ikkita o‘zaro perpendikular to‘g‘ri chiziq o‘tkazamiz: biri — gorizontal, ikkinchisi — vertikal (1- rasm). Ularning kesishish nuqtasini O harfi bilan belgilaymiz. Shu to‘g‘ri chiziqlarda yo‘nalishlar tanlaymiz: gorizontal to‘g‘ri chiziqda chapdan o‘ngga, vertikal to‘g‘ri chiziqda pastdan yuqoriga. Har bir to‘g‘ri chiziqda bir xil uzunlik birligini ajratamiz.
Gorizontal to‘g‘ri chiziq Ox bilan belgilanadi va abssissalar o‘qi deyiladi; vertikal to‘g‘ri chiziq Oy bilan belgilanadi va ordinatalar o‘qi deyiladi. Abssissalar o‘qini va ordinatalar o‘qini koordinata o‘qlari, ularning kesishish nuqtasini koordinatalar boshi deyiladi. Koordinatalar boshi har bir o‘qdagi nol sonini tasvirlaydi.
MUNDARIJA.
7-sinf „Algebra“ kursida o‘rganilgan mavzularni takrorlash.
I bob. CHIZIQLI FUNKSIYA VA UNING GRAFIGI.
1-§. Tekislikda to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi.
2-§. Funksiya tushunchasi.
3-§. y = kx funksiya va uning grafigi.
4-§. Chiziqli funksiya va uning grafigi.
I bobga doir mashqlar.
I bobga doir sinov mashqlari (testlar).
II bob. IKKI NOMA’LUMLI IKKITA CHIZIQLI TENGLAMALAR SISTEMASI.
5-§. Chiziqli tenglamalar sistemasi.
6-§. O‘rniga qo‘yish usuli.
7-§. Qo‘shish usuli.
8-§. Tenglamalar sistemasini yechishning grafik usuli.
9-§. Masalalarni tenglamalar sistemasi yordamida yechish.
II bobga doir mashqlar.
II bobga doir sinov mashqlari (testlar).
III bob. TENGSIZLIKLAR.
10-§. Musbat va manfiy sonlar.
11-§. Sonli tengsizliklar.
12-§. Sonli tengsizliklarning asosiy xossalari.
13-§. Tengsizliklarni qo‘shish va ko‘paytirish.
14-§. Qat’iy va noqat’iy tengsizliklar.
15-§. Bir noma’lumli tengsizliklar.
16-§. Bir noma’lumli tengsizliklarni yechish.
17-§. Bir noma’lumli tengsizliklar sistemalari. Sonli oraliqlar.
18-§. Tengsizliklar sistemalarini yechish.
19-§. Sonning moduli. Modul qatnashgan tenglama va tengsizliklar.
III bobga doir mashqlar.
III bobga doir sinov mashqlari (testlar).
IV bob. KVADRAT ILDIZLAR.
20-§. Arifmetik kvadrat ildiz.
21-§. Haqiqiy sonlar.
22-§. Darajaning kvadrat ildizi.
23-§. Ko‘paytmaning kvadrat ildizi.
24-§. Kasrning kvadrat ildizi.
IV bobga doir mashqlar.
IV bobga doir sinov mashqlari (testlar).
V bob. KVADRAT TENGLAMALAR.
25-§. Kvadrat tenglama va uning ildizlari.
26-§. Chala kvadrat tenglamalar.
27-§. To‘la kvadratni ajratish usuli.
28-§. Kvadrat tenglamalarni yechish.
29-§. Keltirilgan kvadrat tenglama. Viyet teoremasi.
30-§. Kvadrat tenglamaga keltiriladigan tenglamalar.
31-§. Kvadrat tenglamalar yordamida masalalar yechish.
32-§. Ikkinchi darajali tenglama qatnashgan eng sodda sistemalarni yechish.
V bobga doir mashqlar.
V bobga doir sinov mashqlari (testlar).
VI bob. TAQRIBIY HISOBLASHLAR.
33-§. Miqdorlarning taqribiy qiymatlari. Yaqinlashish xatoligi.
34-§. Xatolikni baholash.
35-§. Sonlarni yaxlitlash.
36-§. Nisbiy xatolik.
37-§. Sonning standart shakli.
VI bobga doir mashqlar.
VI bobga doir sinov mashqlari (testlar).
8-sinf algebra kursini takrorlash uchun mashqlar.
8-sinf algebra kursining qisqacha mazmuni.
Javoblar.
Tushunchalar ko‘rsatkichi.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Algebra, 8 sinf, Alimov Sh.A., Xalmuxamedov A.R., Mirzaxmedov M.A., 2014 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Хештеги: #учебник на узбекском языке :: #алгебра :: #Alimov :: #Xalmuxamedov :: #Mirzaxmedov :: #8 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- Matematika, 4 sinf, Bikbayeva N.U., Yangabayeva E., Girfanova K.M., 2017
- Matematika, 1 sinf, Ahmedov M., Abdurahmonova N., Jumayev M., 2018
- Matematika, 2 sinf, Abdurahmonova N., O‘rinboyeva L., 2018
- Математика 5 класс, учебник для учащихся общеобразовательных школ, Хайдаров Б.К., 2020
Предыдущие статьи:
- Математика, учебник для 4 класса школ общего среднего образования, Бикбаева Н.У., 2020
- Geometriya, 8 sinf, Rahimqoriyev А.А., Toxtaxodjayeva M.A., 2019
- Математика, учебник для 5 классов специализированных школ и школ-интернатов с русским языком обучения для детей с ограниченными возможностями, Ахатов А., 2020
- Математика, учебник для 6 классов специализированных школ и школ-интернатов для детей с ограниченными возможностями, Ахатов А., 2020