Geometriya, 8 sinf, Rahimqoriyev А.А., Toxtaxodjayeva M.A., 2019

Geometriya, 8 sinf, Rahimqoriyev А.А., Toxtaxodjayeva M.A., 2019.

Учебник по геометрии для 8 класса на узбекском языке.

  Darslik Respubllika ta’lim markazi tomonidan 2018-yil 25-noyabrda berilgan «Aniq fanlar blok moduli bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi (VIII sinf)» asosida yozilgan. Darslikda belgilangan umumiy o‘rta ta’limda matematika fanini o‘qitishning maqsadi va vazifalari, o‘quvchilarga o‘quv faoliyati natijasida qo‘yiladigan talablar aks etgan. Darslik o‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlarini qamrab olgan.
Qayta ishlash jarayonida ekspertlar va taqrizchilarning takliflari inobatga olindi.
Har bir bob oxirida yozma nazorat ishlaridan namunalar va testlar keltirilgan bo‘lib, ular o‘quvchilarning nazorat ishiga puxta tayyorgarlik ko‘rishlarida yordam beradi.
Tarixiy ma’lumotlar ruknida yurtimiz va dunyo olimlarining fanga qo‘shgan ulkan hissalari va tarixiy-ilmiy ishlari bilan tanishasiz.
«Ingiliz tilini o‘rganamiz» ruknida mavzularda uchraydigan muhim geometrik tushunchalarning ingliz tilidagi tarjimasi berib o‘tilgan.
Takrorlashga berilgan masalalardan yil davomida foydalanishingiz mumkin.
Mavzularda yoritilgan bUimlami о ‘rganishingizda Sizlarga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Geometriya, 8 sinf, Rahimqoriyev А.А., Toxtaxodjayeva M.A., 2019


FALES TEOREMASI.
Isbot. О burchakning bir tomonida (a nurda) o‘zaro teng A1A2 va A2A3 kesmalar qo‘yilgan hamda ulaming oxirlari (A1, A2, A3) orqali ikkinchi tomonni (b numi) Bx, B2, B3 nuqtalarda kesuvchi o‘zaro parallel A1B1, A2B2 va A3B3 to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazilgan bo‘lsin (1-rasm).

Endi hosil bo‘lgan B1B2 va B2B3 kesmalarning o‘zaro tengligini, ya’ni A1A2 = A2A3 bo‘lsa, B1B2 = B2B3 bo‘lishini isbotlaymiz.

Buning uchun B2 nuqtadan a nurga parallel CD to‘g‘ri chiziq o‘tkazamiz (2-rasm). Bu to‘g‘ri chiziq A1B1 va A3B3 to‘g‘ri chiziqlar bilan mos ravishda С va D nuqtalarda kesishsin. A1CB2A2 va A2B2DA3 to‘rtburchaklar — parallelogramm (ta’rifga ko‘ra), chunki ulaming qarama-qarshi tomonlari shartga va yasashga ko‘ra parallel. Shartga ko‘ra, A1A2 = A2A3 hamda parallelogrammning qarama-qarshi tomonlari bo‘lgani uchun A1A2 = CB2 va A1A3 = B2D dan CB,2 = B2D ga ega bo‘lamiz.

MUNDARIJA.
7-sinfda o‘tilganlarni takrorlash.
I bob. To‘rtburchaklar.
1-§. Asosiy to‘rtburchaklar va ularning xossalari.
1-mavzu. Ko‘pburchak ichki va tashqi burchaklarining xossasi.
2-mavzu. Parallelogramm va uning xossalari.
3-mavzu. Parallelogrammning alomatlari.
4-mavzu. To‘g‘ri to‘rtburchak va uning xossalari.
5–6-mavzu. Romb va kvadratning xossalari.
7–8-mavzu. Trapetsiya va uning xossalari.
2-§. Fales teoremasi va uning tatbiqlari.
9-mavzu. Fales teoremasi.
10–11-mavzu. Uchburchak o‘rta chizig‘ining xossasi. Trapetsiya o‘rta chizig‘ining xossasi.
12-mavzu. Amaliy mashq va tatbiq.
13–14-mavzu. 1-nazorat ishi. Xatolar ustida ishlash.
1-test.
Tarixiy ma’lumotlar.
II bob. To‘g‘ri burchakli uchburchakning tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatlar.
3-§. O‘tkir burchakning trigonometrik funksiyalari.
15-mavzu. O‘tkir burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensi.
16-mavzu. O‘tkir burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensi (davomi).
4-§. Pifagor teoremasi va uning tatbiqlari.
17-mavzu. Pifagor teoremasi va uning turli isbotlari.
18-mavzu. Pifagor teoremasiga teskari teorema.
19-mavzu. Pifagor teoremasining ba’zi tatbiqlari.
5-§. Trigonometrik ayniyatlar.
20–21-mavzu. Asosiy trigonometrik ayniyat va uning natijalari.
22-mavzu. To‘ldiruvchi burchakning trigonometrik funksiyalari uchun formulalar.
23-mavzu. 30°, 45°, 60° li burchaklarning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensini hisoblash.
6-§. To‘g‘ri burchakli uchburchaklarni yechish.
24-mavzu. Trigonometrik funksiyalarning qiymatlari jadvali.
25-mavzu. To‘g‘ri burchakli uchburchaklarni yechish.
26-mavzu. To‘g‘ri burchakli uchburchaklarni yechish (davomi).
27-mavzu. To‘g‘ri burchakli uchburchaklarni yasash.
28-mavzu. Amaliy mashq va tatbiq.
29–30-mavzu. 2-nazorat ishi. Xatolar ustida ishlash.
2-test.
Tarixiy ma’lumotlar.
III bob. Koordinatalar usuli. Vektorlar.
7-§. Tekislikda koordinatalar sistemasi.
31-mavzu. Tekislikda nuqtaning koordinatalari. Kesma o‘rtasining koordinatalari.
32-33-mavzu. Ikki nuqta orasidagi masofa. Aylana tenglamasi.
34-mavzu. To‘g‘ri chiziq tenglamasi. Geometrik masalalar yechishning koordinatalar usuli.
8-§. Tekislikda vektorlar.
35-mavzu. Vektor tushunchasi. Vektorning uzunligi va yo‘nalishi.
36–37-mavzu. Vektorlarni qo‘shish va ayirish.
38–39-mavzu. Vektorni songa ko‘paytirish. Vektorning koordinatalari.
40-mavzu. Koordinatalari bilan berilgan vektorlar ustida amallar.
41-mavzu. Vektorning fizik va geometrik talqinlari. Geometrik masalalar yechishning vektor usuli.
42-mavzu. Amaliy mashq va tatbiq.
43–44-mavzu. 3-nazorat ishi. Xatolar ustida ishlash.
3-test.
Tarixiy ma’lumotlar.
IV bob. Yuz.
9-§. Ko‘pburchakning yuzi.
45-mavzu. Yuz haqida tushuncha.
46–47-mavzu. To‘g‘ri to‘rtburchak va parallelogrammning yuzi.
48-mavzu. Uchburchakning yuzi.
49–50-mavzu. Romb va trapetsiyaning yuzi.
51-mavzu. Ko‘pburchakning yuzi.
52-mavzu. Amaliy mashq va tatbiq.
53–54-mavzu. 4-nazorat ishi. Xatolar ustida ishlash.
4-test.
Tarixiy ma’lumotlar.
V bob. Aylana.
10-§. Aylanadagi burchaklar.
55-mavzu. To‘g‘ri chiziq va aylananing o‘zaro joylashuvi. Aylanaga urinma va uning xossalari.
56-mavzu. Ikki aylananing o‘zaro joylashuvi. Markaziy burchak va yoyning gradus o‘lchovi.
57-mavzu. Aylanaga ichki chizilgan burchak.
58-mavzu. Aylananing kesuvchilari hosil qilgan burchaklar.
59-mavzu. Aylana vatari va diametrining xossalari.
60-mavzu. Amaliy mashq va tatbiq.
Uchburchakning ajoyib nuqtalari.
61–62-mavzu. 5-nazorat ishi. Xatolar ustida ishlash.
5-test.
Tarixiy ma’lumotlar.
VI bob. Takrorlash.
8-sinfda o‘tilgan mavzularni takrorlash uchun mashqlar.
Yakuniy nazorat ishi. Xatolar ustida ishlash.
6-test.
Ilova. O‘tkir burchakli trigonometrik funksiyalarning qiymatlari jadvali.
Javoblar.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Geometriya, 8 sinf, Rahimqoriyev А.А., Toxtaxodjayeva M.A., 2019 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Хештеги: :: :: ::


Следующие учебники и книги:
Предыдущие статьи: