Учебник по литературе для 8 класса на узбекском языке.
Siz, boshqa fanlar qatori, adabiyotdan ham saboqlar olib, ong va tafakkuringizni tinimsiz boyitmoqdasiz. Adabiy saboqlar Sizdan faqat aqlnigina emas, balki tuyg‘ulami ham «ishga solish»ni, zehnliroq bo‘lishni talab etmoqda. Chunki badiiy asar dunyosiga kirmoqchi bo‘lgan odamning aqlligina bo‘lishi yetarli emas. Uning ko‘ngli, tuyg‘ulari, hislari ham toza, samimiy bo‘lishi lozim.
Siz bu yil 8-sinfga o‘tdingiz, demak, ancha katta bo‘lib qoldingiz. Siz bilan jiddiyroq masalalarda bosh qotirishimiz, hatto, olam va odam taqdiri bilan bog‘liq muammolar ustida ham bahslashishimiz mumkin. Bu yilgi mashg‘ulotlarda aynan mana shu muammolar talqin etilgan asarlarga duch kelasiz.
Ulami idrok etish, tushunib his qilish uchun ixlos qo‘yib, astoydil o‘qishingiz, bilmagan narsalaringizni ustozlardan erinmay so‘rab, aniqlashtirishingiz talab etiladi.
Mana shu jiddiy, ayni paytda, maroqli izlanishlarda Sizni ilhom, kelajakka intilish hissi tark etmasin.
KUNTUG‘MISH.
No‘g‘ay podsholaridan Avliyoyi Qoraxon degan bor ekan, laqabi Qilichxon ekan, shu vaqtning odamlari Avliyo ota derdi. Shul azizning bir yolg‘iz o‘g‘li bor edi, undan boshqa bolasi yo‘q edi. Otini Kuntug‘mish to‘ra der edi. O‘n to‘rtga kirguncha ilm-hunar, kasb-kamolot hosil qilib, o‘n to‘rtdan o‘tgandan keyin, sipohilik ishlariga yuz keltirib, qilich chopmoq, miltiq otmoq, ko‘pkaritozlik, nayzadastlik, garovbastlik ishlariga ko‘shish (harakatchan, urunish) qilib, qirqta yigitni yoniga olib, goh toqqa, goh ovga shikor qilib yurar edi.
Shahri Zangar degan shahar podshosining otini Buvraxon der edi. Buvraxonning ikki vaziri bor edi. Birovini otini Shoir vazir der edi, birovini Tohir vazir der edi, ikkovi aka-uka edi. Bular irim qilib niyat qilib edi: «Bizlarga farzand bersa, o‘g‘il bo‘lsa qo‘lqanot bo‘lsin, qiz bo‘lsa do‘st bo‘lsin».
MUNDARIJA.
Kirish (R. Qochqorov).
Xalq og‘zaki ijodi (S. Ahmedov).
«Kuntug‘mish» dostonining bayoni.
Nazariy ma’lumot. Ishqiy-qahramonlik dostonlari.
Lutfiy (S. Olim).
G‘azallar.
Tuyuqlar.
Nazariy ma’lumot. Aruz vazni.
Alisher Navoiy (S. Olim).
Ruboiylar.
Tuyuqlar.
Fardlar.
Mustaqil o‘qish uchun (Ruboiylar, tuyuqlar, fardlar).
Nodira (S. Olim).
G‘azallar.
Nazariy ma’lumot. Talmeh. Irsoli vasal. Tajnis.
G‘afur G‘ulom (R. Qochqorov).
She’rlar.
Oybek. «Na’matak», «O‘zbekiston» (R. Qochqorov).
Maqsud Shayxzoda (S. Ahmedov).
«Jaloliddin Manguberdi» tragediyasi.
Nazariy ma’lumot. Tragediya (fojia).
Usmon Nosir (R. Qo'chqorov).
Nil va Rim (Tarix kitobidan).
She’rlar.
Said Ahmad (S. Ahmedov).
Qochoq (“Ufq” trilogiyasidan parcha).
Nazariy ma’lumot. Roman shakllari.
Asqad Muxtor (R. Qo'chqorov).
Chinor (Romandan parcha).
Ozod Sharafiddinov (R. Qo'chqorov).
O‘lsam, ham ayrilmasman quchoqlaringdan.
To‘ra Sulaymon (R. Qo ‘chqorov).
She’rlar.
Shukur Xolmirzayev (R. Qochqorov).
Hikoyalar.
Muhammad Yusuf (R. Qo'chqorov).
She’rlar.
Muhammad Fuzuliy (S. Olim).
G‘azallar.
Robindranath Thakur (S. Ahmedov).
«Shubxa» hikoyasi.
Sergey Yesenin (S. Olim).
She’rlar.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Adabiyot, 8 sinf, Olimov S., Ahmedov S., Qo‘chqorov R., 2019 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Хештеги: #учебник на узбекском языке :: #литература :: #Olimov :: #Ahmedov :: #Qo‘chqorov :: #8 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- Книга для чтения в 3 классе, Кожуховская В.М., Несговорова В.М., Исангулова Р.Ф., 2016
- Adabiyot, 7 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2017
- Adabiyot, 9 sinf, 1 qism, Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2014
- Adabiyot, 11 sinf, 1 qism, To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., 2018
Предыдущие статьи:
- Adabiyot, 9 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2019
- Книга для чтения, учебник для 4 класса школ общего среднего образования с русским языком обучения, Исангулова Р.Ф., Несговорова В.М., Кожуховская В.М., 2020
- Литература, 5 класс, учебник, Сергеева Н.И., Меркин Г.С., 2020
- Внеклассное чтение, 2, Вульф О., Жирнов Г., 2011