Adabiyot, 6 sinf, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizаyеv Sh., 2005

Adabiyot, 6 sinf, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizаyеv Sh., 2005.

Учебник по литературе для 6 класса на узбекском языке.

   Bu yil, 6-sinfda yanada ko'proq ijodkorlar bilan tanishasiz, rang-barang asarlami teranroq o'rganasiz. Endi Sizning ko'ngil uyingizga o'zbek mumtoz adabiyoti-yu jahon adabiyotidan ham, hozirgi zamon adabiyotidan ham ko'proq adib-u shoirlar kirib kelishadi. Ularga qalbingizdan keng o'rin bering, asarlarini qunt bilan, sinchiklab o'rganing. Darslikda badiiy asarlaming turlari va janrlari haqida nazariy ma'lumotlar ham keltirilgan. Bu esa Sizning adabiyot ilmi haqidagi bilimlaringizning yanada boyishiga, badiiy asar mohiyatini chuqurroq anglashingizga yordam beradi. Sizga yana bir narsani tavsiya qilamiz: ushbu darslikda ko'pgina asarlar to‘liq holida emas, balki qisqartirib keltirilgan; Siz ana shu asarlarning to’liq nusxasini topib o‘qisangiz, adabiyot fanini yanada chuqurroq o‘zlashtirgan, ayni paytda juda katta estetik zavq, ma'naviy oziq olgan bo‘lasiz.

Adabiyot, 6 sinf, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizаyеv Sh., 2005


SHAYTONNING YELKASIGA IGNA SANCHDIM.
Bir jihatdan olib qaraganda, oyim uyga kiritmay to‘g‘ri ish qilgan ekan. Nega desangiz, o‘sha paytlarda men sehrli qalpoq axtarib egasi ko‘chib ketgan hovlilarni, go‘ng tepalamk eski-tuski kiyim-boshlar tashlanadigan burchak-surchaklarni tintuv qilib yurgan edirn. Bir oy avval Qashqir qishloqda turadigan buvim biznikiga mehmonga kelib, sehrli qalpoq haqida ertak aytib beruvdi. Qalpoqni kiyib olgan azamat yigit biram ishlar qiladiki, biram qahramonliklar ko‘rsatadiki, agar eshitsangiz, og‘zingiz ochilib qoladi. U hammani ko‘rib turadi. Uni esa hech kim, eng ko‘zi o‘tkir odamlar ham ko‘rolmaydi.

- Buvi, buvijon, o‘sha qalpoqning rangi qanaqa? - deb so‘radim hovliqib.
- Oq jundan to‘qilgan.
- Uni qayerdan topsa bo‘larkin?
- O‘sha qahramon qarib-chirib o‘layotganda qalpoqni shu atrofdagi hovlilardan biriga yashirib ketgan, bolam.
- Topsa bo‘larmikan?
- Nega bo‘lmas ekan. Izlasang, albatta topasan.

Xullas, o‘sha kechadan buyon oromimni yo‘qotganman. Kechasi-yu kunduzi tinim bilmay sehrli qalpoq axtaraman. Ishonsangiz, izlamagan joyim qolmadi. Faqat eski qishloqning chekkasidagi tashlandiq bir uy qolgan, xolos. Bu hovli kimniki - hech kim bilmaydi. Hatto, oyim ham aniq bir narsa ayta olmadi.

MUNDARIJA.
Ma’naviyat xazinasi.
BOLA - UCHQUR XAYOL EGASI.
X. To‘xtaboyev.
G‘afur G‘ulom.
Azim Suyun.
Jonatan Svift.
KECHAGl KUN - SABOQ.
Muqimiy.
Abdulla Qahhor.
Chingiz Aylmatov.
Odil Yoqubov.
Erkin Vohidov.
O‘. Hoshimov.
Said Ahmad.
SO‘ZDA HIКМАТ BOR.
Badiiy so‘z qudrati.
Alisher Navoty.
Xalq qo‘shiqlari.
Rabg‘uziy.
Gulxaniy.
Zohir A'lam.
Abay.
TUYG'ULARNING KAMALAK RANGl.
Zulfiya.
Tog‘ay Murod.
Pirimqul Qodirov.
M. Shayxzoda.
Adabiyot - odamni tanish vositasi.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Adabiyot, 6 sinf, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizаyеv Sh., 2005 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Хештеги: :: :: :: :: ::