Biologiya, Sitologiya va genetika asoslari, 9 sinf, Zikiryayev A., To‘xtayev A., Azimov I., Sonin N., 2019

Biologiya, Sitologiya va genetika asoslari, 9 sinf, Zikiryayev A., To‘xtayev A., Azimov I., Sonin N., 2019.

Учебник по биологии для 9 класса на узбекском языке.
 
   Mazkur darslik yangi Davlat ta’lim standartlari va dasturi asosida qayta yozildi. O‘quv materiallari zamonaviy va qiziqarli usullarda bayon etilgan. Darslikda Vatanimiz olimlarining yirik kashfiyotlariga, ularning ilmiy ahamiyatiga keng o‘rin berilgan. Mavzularga oid matn va suratlar, savol-topshiriqlar hamda laboratoriya ishlari qayta ko‘rib chiqildi, to‘ldirildi va kengaytirildi.

Biologiya, Sitologiya va genetika asoslari, 9 sinf, Zikiryayev A., To‘xtayev A., Azimov I., Sonin N., 2019


Tirik organizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari.
Tirik organizmlar xilma-xil bo‘lishiga qaramay, ularning barchasi hujayraviy tuzilishga ega hamda o‘xshash kimyoviy elementlar va moddalardan iborat. Hujayra tiriklikning barcha xossalarini o‘zida mujassamlashtirgan eng kichik birlikdir.

Organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida doimo moddalar va energiya almashinuvi sodir bo‘lib turadi. Tirik organizmlarning muhim xossasi oziq va quyosh nuridan tashqi energiya manbai sifatida foydalanishidir. Energiya bir organizmdan ikkinchi organizmga organik modda ko‘rinishida beriladi. Organizmdagi moddalar almashinuvi asosini assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari tashkil etadi. Ba’zi bir moddalar organizm tomonidan o‘zlashtirilsa, boshqa moddalar aksincha, tashqi muhitga chiqarib yuboriladi. Moddalar almashinuvi organizmdagi hujayralarning tiklanishi, o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi.

Barcha tirik mavjudotlar oziqlanadi. Oziqlanish tashqi muhitdan ozuqa moddalarni o‘zlashtirishdir. Ozuqa barcha tirik organizmlar uchun zarur, chunki u organizmdagi hujayralar ning tiklanishi, o‘sishi va boshqa ko‘pgina jarayonlar omili bo‘lib, modda va energiya almashinuv manbai hisoblanadi.

MUNDARIJA.
KIRISH.
I BO‘LIM. Organik olam haqida ma’lumot.
I BOB. Hayotning umumiy qonuniyatlari.
1-§. Tirik organizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari.
2-§. Tiriklikning tuzilish darajalari.
II BOB. Organizmlarning xilma-xilligi.
3-§. Hayotning hujayrasiz shakllari.
4-§. Prokariot hujayralar.
5-§. Eukariotlar – o‘simliklarning xilma-xilligi.
6-§. Zamburug‘lar dunyosi.
7-§. Hayvonlar dunyosi.
8-§. 1-laboratoriya mashg‘uloti. 1. Pichan tayoqcha bakteriyasini mikroskopda ko‘rish. 2. Ko‘k-yashil suvo‘tini mikroskopda ko‘rish.
II BO‘LIM. Hujayra haqidagi ta’limot.
III BOB. Sitologiya asoslari.
9-§. Hujayrani o‘rganish tarixi va hujayra nazariyasi.
10-§. Hujayrani o‘rganish usullari.
11-§. Eukariot hujayralar.
12-§. Sitoplazma. Hujayraning membranasiz va membranali organoidlari: endoplazmatik to‘r, ribosomalar, golji majmuasi.
13-§. Mitoxondriya, plastidalar, lizosomalar va sitoplazmaning boshqa organoidlari.
14-§. Yadro va uning tuzilishi.
15-§. Prokariot va eukariot hujayralar.
16-§. Hujayralar evolutsiyasi.
17-§. 2-laboratoriya mashg‘uloti. O‘simlik va hayvon hujayralarining tuzilishini mikroskop yordamida o‘rganish.
18-§. 3-laboratoriya mashg‘uloti. O‘simlik hujayrasida plazmoliz va deplazmolizni kuzatish.
III BO‘LIM. Hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari.
IV BOB. Hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari.
19-§. Hujayraning kimyoviy tarkibi.
20-§. Hujayra tarkibiga kiruvchi suv va anorganik moddalar.
21-§. Biomolekulalar.
22-§. Uglevodlar.
23-§. Lipidlar.
24-§. Oqsillar. Aminokislotalar.
25-§. Oqsil tarkibi. Oqsil tuzilishi.
26-§. Oqsillarning xossalari. Oddiy va murakkab oqsillar.
27-§. Oqsillarning funksiyasi.
28-§. Nuklein kislotalar.
29 -§. 4- laboratoriya mashg‘uloti. Amilazaning kraxmalga ta’siri.
IV BO‘LIM. Moddalar almashinuvi — metabolizm.
V BOB. Hujayralarda moddalar va energiya almashinuvi.
30-§. Moddalar almashinuvi.
31-§. Energiya almashinuvi.
32-§. Energiya almashinuvi bosqichlari.
33-§. Hujayraning oziqlanishi.
34-§. Xemosintez.
35-§. Hujayrada plastik almashinuv.
36-§. Hujayrada modda va energiyalar almashinuviga doir masalalar yechish.
37-§. 5- laboratoriya mashg‘uloti. O‘simlik bargida organik moddalarning hosil bo‘lishini o‘rganish.
V BO‘LIM. Organizmlarning individual rivojlanishi — ontogenez.
VI BOB. Organizmlarning ko‘payishi va individual rivojlanishi.
38-§. Hujayra sikli.
39-§. Meyoz.
40-§. Tirik organizmlarning ko‘payish xillari.
41-§. Jinsiy ko‘payish.
42-§. Urug‘lanish.
43-§. Embrional rivojlanish davri.
44-§. Postembrional rivojlanish.
45-§. Embrion rivojlanishiga tashqi muhitning ta’siri.
46-§. Rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Biogenetik qonun. Embrionlarning o‘xshashlik qonuni.
VI BO‘LIM. Genetika haqida umumiy ma’lumot.
VII BOB. Genetika asoslari.
47-§. Genetikaning rivojlanish tarixi.
48-§. G.Mendel qonunlari. Monoduragay chatishtirish.
49-§. 6- laboratoriya mashg‘uloti. Monoduragay chatishtirishga doir masalalar yechish.
50-§. Di-poliduragay chatishtirish. Mendelning uchinchi qonuni.
51-§. 1- amaliy mashg‘ulot. Diduragay chatishtirishga doir masalalar yechish.
52-§. 7- laboratoriya mashg‘uloti. G‘o‘za, pomidor, nomozshomgulning chatishtirish natijasini gerbariy asosida o‘rganish.
53-§. Noallel genlarning o‘zaro ta’siri.
54-§. Genlarning polimer ва ko‘p tomonlama ta’siri.
55-§. 2- amaliy mashg‘ulot. Noallel genlarning o‘zaro ta’siriga doir masalalar yechish.
56-§. Belgilarning birikkan holda irsiylanishi.
57-§. Jins genetikasi.
58-§. 3- amaliy mashg‘ulot. Birikkan holda irsiylanish va jins bilan bog‘liq holda irsiylanishga doir masalalar yechish.
59-§. O‘zgaruvchanlik.
60-§. 8- laboratoriya mashg‘uloti. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikning statistik qonuniyatlarini o‘rganish.
61-§. Mutatsion (genotipik) o‘zgaruvchanlik.
62-§. Odam genetikasini o‘rganish usullari.
63-§. Odamdagi irsiy kasalliklar.
VII BO‘LIM. Seleksiya asoslari.
VIII BOB. Seleksiya va biotexnologiya asoslari.
64-§. Madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi va xilma-xillik markazlari.
65-§. O‘simliklar va hayvonlar seleksiyasi.
66-§. Seleksiya va biotexnologiya.
67-§. O‘zbekiston olimlarining biologiya va seleksiya sohasidagi yutuqlari.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Biologiya, Sitologiya va genetika asoslari, 9 sinf, Zikiryayev A., To‘xtayev A., Azimov I., Sonin N., 2019 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Хештеги: :: :: :: :: :: ::