Biologiya, 7 sinf, Saparov K.A., Azimov I., 2022

Biologiya, 7 sinf, Saparov K.A., Azimov I., 2022.

Учебник по физике для 7 класса на узбекском языке.

   Siz 1–6-sinflarda o‘qish mobaynida “Tabiiy fanlar” darslarida tabiat haqidagi ko‘plab tushuncha va atama, qonuniyatlar bilan tanishdingiz. Bu yil siz yangi fan – biologiyani o‘rganishni boshlaysiz. “Tabiiy fanlar” darslarida o‘zlashtirgan bilimingizni endi siz uchun yangifan – biologiya orqali takomillashtirib borasiz. Qo‘lingizda turgan darslik esa bundasizga yordam beradi. Biologiya tirik organizmlarning tuzilishi va hayotiy faoliyati, xilmaxilligi, tarixiy va individual rivojlanish qonuniyatlarini, shuningdek, insonning tirik tabiatga ta’sirini o‘rganadi.

Biologiya, 7 sinf, Saparov K.A., Azimov I., 2022


Organik olamning zamonaviy sistematikasi.
Hozirgi vaqtda organizmlarning tuzilishi va kelib chiqishi umumiyligi nuqtayi nazaridan organik olam sistematikasi qabul qilingan. Tirik organizmlar kelib chiqishi, o‘xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab guruhlar – sistematik birliklarga birlashtiriladi.

Organik olam sistematikasidagi eng kichik birlik tur hisoblanadi. Har qanday organizm ma’lum bir turga mansub.

Bir-biriga yaqin hayvon turlari urug‘larga, urug‘lar oilalarga, oilalar turkumlarga, turkumlar sinflarga, sinflar tiplarga, tiplar esa hayvonot dunyosiga birlashtiriladi (1.7-rasm).

O‘xshash o‘simlik turlari turkumlarga, turkumlar oilalarga, oilalar tartiblarga, tartiblar sinflarga, sinflar bo‘limlarga, bo‘limlar o‘simliklar dunyosiga birlashtiriladi. Yuqorida sanab o‘tilgan birliklar, ya’ni tur, urug‘, oila, turkum (tartib), sinf, tip (bo‘lim) sistematik birliklar – taksonlar deb nomlanadi.

MUNDARIJA.
I bob. TIRIK ORGANIZMLARNING XILMAXILLIGI.
1.1 Biologiya – hayot haqidagi fan.
1.2 Tirik organizmlarning xilmaxilligi.
1.3 Bakteriyalar. Protoktistalar. Zamburug‘lar.
1.4 O‘simliklarning xilmaxilligi. Sporali o‘simliklar.
1.5 Urug‘li o‘simliklar.
1.6 Umurtqasiz hayvonlarning xilmaxilligi.
1.7 Umurtqali hayvonlarning xilmaxilligi. Baliqlar, amfibiyalar va reptiliyalar.
1.8 Qushlar va sutemizuvchilar.
1.9 Amaliy mashg‘ulot. O‘simlik va hayvonot dunyosi sistematik guruhlarini o‘rganish.
II bob. TIRIKLIKNING MOLEKULA VA HUJAYRA DARAJASI.
2.1 Hujayra – tirik organizmlarning tuzilish birligi.
2.2 To‘qimalar.
2.3 Laboratoriya mashg‘uloti.
1. Kattalashtirib ko‘rsatuvchi asboblar.
2. O‘simlik to‘qimasidan vaqtinchalik preparat tayyorlash.
III bob. ORGAN VA ORGANLAR SISTEMASI.
3.1 Gulli o‘simliklarning vegetativ organlari. Ildiz.
3.2 Novda.
3.3 Amaliy mashg‘ulot. Vegetativ organlar metamorfozini o‘rganish.
3.4 O‘simliklarning generativ organlari. Gul.
3.5 Meva.
3.6 Odam va hayvonlarning organlari va organlar sistemasi.
IV bob. KOORDINATSIYA VA O‘Z-O‘ZINI BOSHQARISH.
4.1 Tirik organizmlarning o‘z-o‘zini boshqarishi.
4.2 Amaliy mashg‘ulot. Reflektor yoyini modellashtirish.
4.3 Nerv sistemasi.
4.4 Laboratoriya mashg‘uloti. Yomg‘ir chuvalchangining refleksini kuzatish.
V bob. OZIQLANISH.
5.1 Organizmlarning oziqlanishi.
5.2 Loyiha ishi. Mineral o‘g‘itlarning o‘simlik rivojiga ta’sirini o‘rganish.
5.3 Laboratoriya mashg‘uloti. Bargda organik moddalarning hosil bo‘lishi.
5.4 Hayvonlarning oziqlanishi.
5.5 Odamning ovqat hazm qilish sistemasi.
5.6 Amaliy mashg‘ulot. Ovqat hazm qilish sistemasini modellashtirish.
VI bob. NAFAS OLISH.
6.1 Nafas olishning mohiyati. O‘simliklarning nafas olishi.
6.2 Odam va hayvonlarning nafas olishi.
6.3 Laboratoriya mashg‘uloti. O‘simliklarning nafas olishini o‘rganish.
6.4 Amaliy mashg‘ulot. Fotosintez va nafas olish jarayonlarini taqqoslash.
VII bob. TIRIK ORGANIZMLARDA MODDALAR TRANSPORTI.
7.1 O‘simliklarda moddalar transporti.
7.2 Laboratoriya mashg‘uloti. O‘simliklarda moddalar transportini o‘rganish.
7.3 Laboratoriya mashg‘uloti. Barglarning suv bug‘latishini o‘rganish.
7.4 Umurtqasizlarning qon aylanish sistemasi.
7.5 Amaliy mashg‘ulot. Umurtqasizlarning qon aylanish sistemasini modellashtirish va taqqoslash.
7.6 Umurtqalilarning qon aylanish sistemasi.
7.7 Amaliy mashg‘ulot. Umurtqalilarning qon aylanish sistemasini modellashtirish va taqqoslash.
VIII bob. AYIRISH (ekskretsiya).
8.1 Ayirish.
8.2 Odam va hayvonlarning ayirishi.
8.3 Amaliy mashg‘ulot. Odamning ayirish organlarini modellashtirish.
IX bob. HARAKATLANISH.
9.1 Tirik organizmlarning harakatlanishi.
9.2 Loyiha ishi. O‘simliklarda fototropizm, fotonastiya, geotropizm hodisalarini kuzatish.
9.3 Umurtqasizlarning harakatlanish organlari.
9.4 Laboratoriya mashg‘uloti. Tufelka infuzoriyasining harakatlanishini kuzatish.
9.5 Umurtqalilarning tayanch-harakat organlari.
9.6 Amaliy mashg‘ulot. Umurtqali hayvonlarning tayanch-harakat sistemasini modellashtirish.
X bob. REPRODUKSIYA, O‘SISH VA RIVOJLANISH.
10.1 Organizmlarning ko‘payishi.
10.2 Loyiha ishi. O‘simliklarning vegetativ ko‘payishini o‘rganish.
10.3 O‘simliklarning individual rivojlanishi.
10.4 Amaliy mashg‘ulot. Urug‘li o‘simliklarning hayot siklini o‘rganish.
10.5 Hayvonlarning ko‘payishi.
10.6 Hayvonlarning individual rivojlanishi.
10.7 Amaliy mashg‘ulot. Hayvonlarning to‘g‘ri va noto‘g‘ri rivojlanishini qiyosiy tahlil asosida o‘rganish.
XI bob. TUR, POPULYATSIYA, EKOSISTEMA, BIOSFERA.
11.1 Tur, populyatsiya.
11.2 Amaliy mashg‘ulot. Tirik organizmlarning tashqi muhitga moslashishini o‘rganish.
11.3 Ekosistemalar. Biosfera.
11.4 Amaliy mashg‘ulot. Oziq zanjiri va oziq to‘ri tuzish.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Biologiya, 7 sinf, Saparov K.A., Azimov I., 2022 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Хештеги: :: :: :: ::