Matematika, 3 sinf, Burxonov S., Xudoyorov O‘., Norqulova Q., Ruzikulova N., Goibova L., 2019

Matematika, 3 sinf, Burxonov S., Xudoyorov O‘., Norqulova Q., Ruzikulova N., Goibova L., 2019.

Учебник по математике для 3 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Yozgi ta’tilda Xadicha va uning ukasi 270 ta ertak o‘qishdi. Ulardan 150 tasi o‘zbek xalq ertaklari, qolganlari jahon xalqlari ertaklari. Ular qancha jahon xalqlari ertaklarini o‘qishgan?

Matematika, 3 sinf, Burxonov S., Xudoyorov O‘., Norqulova Q., Ruzikulova N., Goibova L., 2019


Примеры.
Toshkent–Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi «Afrosiyob» tezyurar poyezdi bir vaqtning o‘zida 215 nafar yo‘lovchini tashish imkoniyatiga ega. Agar poyezdga 210 nafar yo‘lovchi chiqqan bo‘lsa, yana nechta bo‘sh o‘rin qoldi?

Duradgorda 9 ta yog‘och taxta bor edi. U bir nechta taxtaning har birini 5 bo‘lakka bo‘lib arraladi. Shunda taxtalar soni 33 taga yetdi. Duradgor nechta taxtani bo‘laklarga bo‘lib arraladi?

Orif akaning otarida 410 ta qo‘y va echkilari bor.
Ulardan 380 tasi qo‘y, qolgani echkilar. Shokir akaning otarida 20 ta echki, 420 ta qo‘y bor.
1) Shokir akaning otaridagi jami chorva soni nechta?
2) Orif akaning echkisi nechta?
3) Ikkala otardagi jami chorvalar sonini toping.
4) Ikkala otarda qo‘ylar nechta?
5) Ikkala otardagi echkilar sonini toping.

MUNDARIJA.
2-SINFDA O‘TILGANLARNI TAKRORLASH.
Ikki va uch xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish va ayirish.
Qavsli ifodalar.
Qo‘shishning guruhlash xossasi.
Sondan yig‘indi yoki ayirmani ayirish.
0 va 1 sonlari ishtirokida ko‘paytirish va bo‘lish.
Ko‘paytuvchilarning o‘rin almashtirish xossasi.
Sonning bir necha ulushini va ulushi bо‘yicha sonning о‘zini topish.
Ko‘paytirish va bo‘lish.
Kombinatorik va mantiqiy masalalar.
JADVALDAN TASHQARI KO‘PAYTIRISH VA BO‘LISH. GEOMETRIK FIGURALAR.
20·3, 30·4 ko‘rinishidagi ifodalar.
60:3, 100:2 ko‘rinishidagi ifodalar.
90:30 ko‘rinishidagi ifodalar.
Yig‘indini songa, sonni yig‘indiga ko‘paytirish.
23·4, 4·23 ko‘rinishidagi ifodalar.
Yig‘indini songa bo‘lish.
42:3, 72:4 ko‘rinishidagi ifodalar.
Bo‘lish va ko‘paytirishni tekshirish.
Ikki xonali sonni ikki xonali songa bo‘lish.
Uch va undan ortiq ko‘paytuvchilarni ko‘paytirish.
Qoldiqli bo‘lish.
Qoldiqli bo‘lishni tekshirish.
To‘g‘ri chiziqni belgilash.
Kesma, nur.
100 soni ishtirokida kо‘paytirish va bo‘lish.
200·3, 800:4 ko‘rinishidagi ifodalar.
320·3 ko‘rinishidagi ifodalar.
490 : 7 ko‘rinishidagi ifodalar.
600 : 20, 900 : 300 ko‘rinishidagi ifodalar.
240 : 30 ko‘rinishidagi ifodalar.
Mustahkamlash.
1000 ichida yozma ko‘paytirish va bo‘lish.
O‘nlikdan o‘tib ko‘paytirish.
Yuzlikdan o‘tib ko‘paytirish.
Onlikdan va yuzlikdan o‘tib ko‘paytirish.
396 : 3 ko‘rinishidagi ifodalar.
346 : 2 ko‘rinishidagi ifodalar.
852 : 4 ko‘rinishidagi ifodalar.
216 : 3 ko‘rinishidagi ifodalar.
276 : 4 ko‘rinishidagi ifodalar.
742 : 7 ko‘rinishidagi ifodalar.
Sonning bo‘luvchi va karralilarini aniqlash.
Ikki xonali songa ko‘paytirish.
Uchburchaklarning turlari.
Amallarni bajarish algoritmi.
Qavsli ifodalarda amallarni bajarish algoritmi.
Mustahkamlash.
Kesmani teng bo‘laklarga bo‘lish.
Doirani teng bo‘laklarga bo‘lish.
Ko‘pburchaklarni teng bo‘laklarga bo‘lish.
Turli ko‘rinishda berilgan masalalar.
10 000 ICHIDA RAQAMLASH, ARIFMETIK AMALLAR. KATTALIKLAR.
To‘rt xonali sonlarni raqamlash.
To‘rt xonali sonni xona birliklari yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlash
To‘rt xonali sonlarni taqqoslash.
Matematika tarixidan: raqamlar qanday paydo bo‘lgan.
10 000 ichida qo‘shish va ayirish.
Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari.
Rim raqamlari.
10 000 ICHIDA KO‘PAYTIRISH VA BO‘LISH.
Og‘zaki ko‘paytirish va bo‘lish.
Natijasi 10000 ichida yozma kо‘paytirish.
10000 ichida yozma bо‘lish.
Bo‘lishni tekshirish.
Kо‘paytirishni tekshirish.
Uzunlik o‘lchov birliklari.
Uzunlik o‘lchov birliklari orasidagi munosabat.
Massa o‘lchov birliklari.
Massa o‘lchov birliklari orasidagi munosabat.
MATEMATIK IFODALAR. TENGSIZLIKLAR. GEOMETRIK FIGURALAR.
a+b va a-b ifodaning qiymatini topish.
a · b ifodaning qiymatini topish.
a : b ifodaning qiymatini topish.
Tarkibli masalalar.
Rost va yolg‘on mulohazalar.
Tengsizlik. Katta emas va kichik emas belgilari.
Parallel to‘g‘ri chiziqlar.
Perpendikular to‘g‘ri chiziqlar.
O‘qqa nisbatan simmetrik figuralar.
ODDIY KASRLAR. SODDA O‘NLI KASRLAR. KATTALIKLAR. GEOMETRIK FIGURALAR.
Kasr tushunchasi.
Maxraji 2, 4, 8 bo‘lgan kasrlar.
Maxraji 3, 6, 12 bo‘lgan kasrlar.
To‘g‘ri va noto‘g‘ri kasrlar.
Aralash son tushunchasi.
Kasrlarni taqqoslash.
Maxraji bir xil bo‘lgan kasrlarni taqqoslash.
Surati bir xil bo‘lgan kasrlarni taqqoslash.
Kasrlarni yarim ulush bilan taqqoslash.
Berilgan sonning kasrini va kasrdan sonni topish.
Oddiy kasrlarni qo‘shish va ayirish.
Bir xil maxrajli kasrlarni qo‘shish.
Bir xil maxrajli kasrlarni ayirish.
Yuz o‘lchov birliklari.
Vaqt o‘lchovi birliklari.
Vaqt o‘lchov birliklari orasidagi munosabat.
Kalendar.
Burchak gradusi.
Doiraviy diagrammalar.
O‘nli kasrlar.
O‘nli kasrlarni oddiy kasr ko‘rinishida ifodalash.
O‘nli kasrlarni taqqoslash va tartiblash.
Shakllarni burish.
Burchak simmetriyasi.
Fazoviy figura – piramida.
Fazoviy figura – konus.
Ma’lumotlarni turli ko‘rinishda ifodalash.
Tenglamaga olib kelinadigan masalalar.
Ikki qadamli va ikki amalli masalalar.
3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash va umumlashtirish.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Matematika, 3 sinf, Burxonov S., Xudoyorov O‘., Norqulova Q., Ruzikulova N., Goibova L., 2019 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Хештеги: :: :: :: :: :: :: ::