Jismoniy tarbiya, 4 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2017

Jismoniy tarbiya, 4 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2017.

Учебник по физкультуре для 4 класса на узбекском языке.

   Ushbu o‘quv qo‘llanma uchta bo‘limdan iborat bo‘lib, siz, aziz bolalar, birinchi, ya’ni „Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy bilim asoslari“ bo‘limida jismoniy tarbiya va sportga oid, organizmni chiniqtirish, jismoniy tarbiya jarayonida har xil shikastlanishlar yuz berganda birinchi yordam ko‘rsatish, to‘g‘ri qad-qomatni shakllantirish hamda jismoniy mashqlarni bajarishda to‘g‘ri nafas olish haqida nazariy bilim asoslari bilan tanishasiz.
Bu nazariy bilimlarni egallashingiz uchun, birinchi navbatda, o‘z kun tartibingizni tuzib, unga qat’iy rioya qilishingiz, mustaqil badantarbiya mashqlarini bajarish jarayoniga qo‘yiladigan gigiyenik talablarga rioya qilish ko‘nikmasini egallashingiz zarur.

Jismoniy tarbiya, 4 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2017


Sog‘lom tanda — sog‘ aql.
Badanni toza tutishdagi asosiy vosita — bu sovun bilan suvdir. Yuvinish uchun atirsovun
va iliq suvdan foydalangan ma’qul. Ma’lumki, badanning terisi quruq yoki yog‘li bo‘lishi mumkin. Terini parvarish qilganda uning shu xususiyatlarini e’tiborga olish zarur.

Har kuni, ayniqsa, ertalabki badantarbiyadan so‘ng dush qabul qilish maqsadga muvofiq bo‘lib, suvning harorati + 37 °C dan + 38 °C gacha bo‘lishi kerak. Mabodo, uyda dush bo‘lmasa, badanning ochiq joylarini iliq suvda sovunlab yuvish lozim.

Hammomga haftada bir marta borsangiz, bunda badanni mochalka bilan sovunlab yuvishingiz kerak. Oyoqni o‘ringa yotishdan oldin har kuni sovunlab yuvish lozim. Og‘iz bo‘shlig‘ini toza saqlash faqat tishlarning sog‘lom bo‘lishi uchun emas, balki ichki a’zolar kasallanishining oldini olishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun tishni har kuni ertalab va kechqurun yuvishga hamda ovqatlangandan keyin og‘zingizni chayishga odatlanishingiz zarur.

MUNDARIJA.
Kirish.
Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy bilim asoslari.
O‘quvchilar kun tartibi.
O‘quvchilarga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
Chiniqish omillari.
Ochiq havoda chiniqish.
Suv bilan chiniqish.
Quyoshda chiniqish.
Shikastlanishning oldini olish va unga birinchi yordam ko‘rsatish.
Qomatni to‘g‘ri shakllantirish haqida.
Jismoniy mashqlar bajarganda to‘g‘ri nafas olishni o‘rganish.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar.
Birinchi mashqlar majmuasi.
Bayroqchalar bilan bajariladigan mashqlar.
Gimnastik tayoqcha bilan bajariladigan mashqllar.
Arg‘amchida bajariladigan mashqlar.
Jismoniy tarbiya jarayonida amaliy harakat ko‘nikma va malakalarini hosil qilish Gimnastika.
Saflanish va qayta saflanish.
Arqonga tirmashib chiqish.
Og‘ir narsani ko‘tarish va olib borib qo‘yish.
Aralash va oddiy osilishlar.
Muvozanat saqlash mashqlari.
Turgan joyda bir va ikki oyoqda sakrash.
Akrobatik mashqlar.
Harakat sifatlarini rivojlantirishga oid mashqlar (gimnastikada).
Yengil atletika va uning turlari haqida.
Harakat sifatlarini rivojlantirishga oid mashqlar(yengil atletikada).
Sport o‘yinlari.
Futbolning paydo bo‘lishi.
Futbolda oyoq bilan bajariladigan harakatlar Gandbol (Qo‘l to‘pi).
Voleybol.
Harakat sifatlarini rivojlantirishga doir mashqlar (sport o‘yinlarida).
Kross tayyorgarligi.
Harakatli o‘yinlar.
Suzish.
Sog‘lom avlodni tarbiyalashda davlatimiz ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rlik.
O‘zbekistonni dunyo tanimoqda.
Olimpiya o‘yinlarining qayta tiklanishi.
Sport turlari va sport haqida ma’lumotlar Gimnastika.
Sambo.
Grek-rim kurashi.
Òuron yakka kurashi.
Òennis.
Boks.
Dzyudo.
Kurash.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Jismoniy tarbiya, 4 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2017 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Хештеги: :: :: :: ::