Geometriya, 10 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Xaydarov B., Tashtemirova N., Asrorov I., 2022.
Учебник по геометрии для 10 класса на узбекском языке.
Matematika fani bo‘yicha Milliy o‘quv dasturida belgilangan yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi geometriya ta’limini sifat va mazmun jihatidan yangi darajaga ko‘tarish vazifasini qo‘yadi. Bu – o‘z navbatida yangi O‘zbekiston kelajagini yaratuvchi barkamol avlodni, yangi zamon, yangi jamiyat kishisini tarbiyalashdek o‘ta mashaqqatli va ayni zamonda sharafli ish shu kunning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoldi. Uni amalga oshirish sizdek fidoyi o‘qituvchilar zimmasiga yuklanadi.
Shu vazifalarni amalga oshirish maqsadida 10-sinf “Geometriya” darsligi va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanma yaratildi. Darslikda keltirilgan mavzular sodda, tushunarli tilda, hayotiy masalalar yordamida qisqacha yoritilgan va rasmlar bilan bezatilgan. Mashg‘ulotlar har bir mavzu bo‘yicha turli xil kichik savollar, testlar, amaliy mashqlar, topshiriqlardan tashkil topgan bo‘lib, ular bir-biri bilan uzviy bogliq va o‘quvchidan ijodiy yondashuvni talab qiladi. Darslik asosida qay yo‘sinda dars olib borish yo‘l-yo‘riqlari uslubiy qo‘llanmada keltirilgan.
![Geometriya, 10 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Xaydarov B., Tashtemirova N., Asrorov I., 2022 Geometriya, 10 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Xaydarov B., Tashtemirova N., Asrorov I., 2022](/img/obuch/matematika/1661/166182.jpg)