Geometriya, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Xaydarov B., Tashtemirova N., 2022

Geometriya, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Xaydarov B., Tashtemirova N., 2022.

Учебник по геометрии для 7 класса на узбекском языке.

   Matematika fani bo‘yicha Milliy o‘quv dasturida belgilangan yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi geometriya ta’limini sifat va mazmun jihatidan yangi darajaga ko‘tarish vazifasini qo‘yadi. Bu – o‘z navbatida yangi O‘zbekiston kelajagini yaratuvchi barkamol avlodni, yangi zamon, yangi jamiyat kishisini tarbiyalashdek o‘ta mashaqqatli va ayni zamonda sharafli ish shu kunning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoldi. Uni amalga oshirish sizdek fidoyi o‘qituvchilar zimmasiga yuklanadi.
Shu vazifalarni amalga oshirish maqsadida 7-sinf “Geometriya” darsligi va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanma yaratildi. Darslikda keltirilgan mavzular sodda, tushunarli tilda, hayotiy masalalar yordamida qisqacha yoritilgan va rasmlar bilan bezatilgan. Mashg‘ulotlar har bir mavzu bo‘yicha turli xil kichik savollar, testlar, amaliy mashqlar, topshiriqlardan tashkil topgan bo‘lib, ular bir-biri bilan uzviy bogliq va o‘quvchidan ijodiy yondashuvni talab qiladi. Darslik asosida qay yo‘sinda dars olib borish yo‘l-yo‘riqlari uslubiy qo‘llanmada keltirilgan.

Geometriya, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Xaydarov B., Tashtemirova N., 2022


Matematika va tabiiy fanlar.
Matematika va tabiiy fanlar orasidagi bog‘liqlik modellashtirish, o‘lchashlar, tajriba, tadqiqotlar, tajribaga asoslangan (empirik) mulohazalarga quriladi. Tabiiy fanlar va matematikada o‘quvchilar miqdorlar va munosabatlar, tabiat qonunlari ifodalovchi modellarni ishlab chiqadilar. Ular avval turli noan’anaviy birliklar yordamida, keyin rasmiy birliklar yordamida o‘lchash bilan tanishadilar. Keyinchalik o‘lchashda noaniqlik va ishonchlilik masalalarini ko‘rib chiqadilar. O‘quvchilar sifat va miqdoriy ma’lumotlarni yig‘adilar, ularni tahlil qiladilar va turli ko‘rinishlarda ifodalaydilar. O‘quvchilar sonli ma’lumotlar va grafiklar asosida ma’lumotlarni tahlil qilish, turli qonuniyatlarni aniqlash ko‘nikmalarini egallaydilar.

Fizika fanini o‘qitishda o‘quvchilar tabiat hodisalarini va asosiy fizik jarayonlarni anglash bilan birga, texnika va texnologiyalarni rivojlantirishda matematik formulalarni qo‘llashni o‘rganadilar. Ko‘pgina fizik masalalar tenglama yoki tenglamalar sistemasini tuzish va ular bilan ishlash ko‘nikmasining shakllangan bo‘lishini taqozo etadi. Fizika fanini o‘qitishda matematika nafaqat hisoblash apparati sifatida muhim, balki u matematik mulohazalar yordamida voqelik, hodisaning xarakteri haqida fizik xulosalar chiqarishga hamda mazkur jarayonlarni tadqiq qilish, matematik tenglamalarni yechish orqali fizik hodisalar haqida fikr yuritish imkonini ham beradi. Fizik masalalarni matematika darslarida tahlil qilish o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini,olam haqidagi tasavvurlarini kengaytirish hamda egallagan bilimlaridan hayotiy muammolarni hal qilish, kundalik faoliyatlarida foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishni ko‘zda tutadi.

MUNDARIJA.
1. Matematika fanidan milliy o‘quv dasturi.
2. 7-sinf uchun geometriya fanidan standartlarning aniqlashtirilgan elementlari.
3. Geometriya fanidan 7-sinf uchun o‘quv dasturi va tavsiyaviy soatlar taqsimoti.
4. Matematika fanini o‘qitishda metodik yondashuvlar.
5. Matematika fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi.
6. Matematikadan o‘quvchilar yutuqlarini baholash asoslari.
7. Geometriya darslarida tarixiy-ilmiy merosning o‘rni.
I BOB. GEOMETRIYANING BOSHLANG‘ICH TUSHUNCHALARI.
1. Eng sodda geometrik shakllar.
3. Kesma. Kesmalarni taqqoslash va o‘lchash.
4. Mavzuga oid qo‘shimcha mashqlar.
5. Kesma. Kesmalarni taqqoslash va o‘lchash.
6. Mavzuga oid qo‘shimcha mashqlar.
7. Burchak. Burchaklarni taqqoslash va o‘lchash.
9. Mavzuga oid qo‘shimcha mashqlar.
10. Amaliy mashq va tatbiq. Bilimingizni sinab ko‘ring.
11. Mavzuga oid qo‘shimcha mashqlar.
12. Summativ baholash.
13. Burchakning turlari.
14. Mavzuga oid qo‘shimcha mashqlar.
15. Perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar.
17. Amaliy mashq va tatbiq.
II BOB. UCHBURCHAKLAR.
19. Uchburchaklar, uning turlari va elementlari.
21. Uchburchaklar tengligining birinchi alomati.
23. Teng yonli uchburchakning xossalari.
25. Uchburchaklar tengligining ikkinchi alomati.
26. Uchburchaklar tengligining uchunchi alomati.
III BOB. PARALLEL TO‘G‘RI CHIZIQLAR.
27. Parallel to‘g‘ri chizilar.
29. Ikki to‘g‘ri chiziqning parallellik alomatlari.
32. Ikki parallel to‘g‘ri chiziq va kesuvchi hosil qilgan burchaklar.
IV BOB.UCHBURCHAKNING TOMONLARI VA BURCHAKLARI ORASIDAGI MUNOSABATLAR.
18. Uchburchakning ichki burchaklari yig‘indisi.
19. To‘g‘ri burchakli uchburchaklar.
20. Burchak bissektrisasining xossasi.
21. Uchburchakning tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatlar.
V BOB. YASASHGA DOIR MASALALAR.
23. Sirkul va chizg‘ich yordamida geometrik yasashga doir masalalar.
24. Amaliy mashq va tatbiq. Bilimingizni sinab ko‘ring.
VI BOB. TAKRORLASH.
25. Takrorlashga doir masalalar.
26. Amaliy mashq va tatbiq. Bilimingizni sinab ko‘ring.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Geometriya, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Xaydarov B., Tashtemirova N., 2022 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Хештеги: :: :: :: ::