Hademay mustaqil hayot ostonasiga qadam qo‘yasiz. Sizni oldinda kundalik turmushning oddiy sinovlari-yu “past-u baland”idan tortib umrning ajoyib vag‘aroyib sinalmagan so‘qmoqlari kutib turibdi. Chunki bu tiriklik kengliklarida yaxshilik va yomonlik, to‘g‘rilik va yolg‘onchilik, halol va harom kabi fazilat-u nuqsonlar kezib yuribdi. Ular yonma-yon yashaydi. Albatta, hayot mana shunisi bilan rang-barang, sir-sinoatlidir.







