Учебник по узбекскому языку для 5 класса на узбекском языке.
Mening Vatanim - O'zbekiston. Men O'zbekistonda tug‘ildim. Shunday obod yurtda yashayotganimdan doim faxrlanaman. Mening Vatanim buyuk olimlar, donishmandlar yurtidir. U Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlari bilan dunyoga tanilgan. Bu yurtning tabiati juda go‘zal. O‘zbekiston serquyosh yurt, bu yerda shirinshakar mevalar yetiladi. Shuningdek, oltin, gaz, ko‘mirkabi qazilma boyliklari bilan ham mashhur. Bu O‘lkada turli millatlar ahil va farovon yashaydilar. Shuning uchun men ona-Vatanimni sevaman.








