Учебник на узбекском языке.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov «Bahor qaytmaydi», «Dunyoning ishlari», «Nur borki, soya bor», «Ikki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar» kabi qissa, roman va teran hikoyalari bilan allaqachon muxlislar qalbidan mustahkam joy olgan. Voqelikni hayot haqiqatiga omixta qilib, asar qahramonlarining ichki olamini har tomonlama mukammal, to‘g‘ri va aniq tasvirlash, unga o‘quvchini ishontira bilish O'tkir Hoshimov ijodming tayanch nuqtasi hisoblanadi. Adibning ushbu to‘plamiga kiritilgan sara hikoyalarida ham inson taqdiri, o‘y-xayollarining nozik qirralari o‘z badiiy ifodasini topgan. «O‘ylar» rukni ostida qalamga olingan mavzularda esa, insof, andisha, uvol kabi insonga xos odob-axloq, ma’naviy olam, milliy qadriyatlar, sho‘ro davri adolatsizliklari dadil yoritilgan va mavzular har bir vijdoni uyg‘oq insonni bahsga chorlaydi. Hazil-mutoyiba, jarangdor qahqahaga boy hajviy hikoyalar turmushda uchrab turadigan noxush illatlami fosh etish bilan birga kitobxon labida shirin tabassum uyotadi.
Adib «... kitob yozsangki, uni o‘qigan kitobxon hamma narsani unutsa, asar qahramonlari hayoti bilan yashasa ...» deb orzu qilgan. O‘ylaymizki, ushbu to‘p]am ana shu orzular mahsuli bo‘lib, Siz aziz kitobxanlami o‘ylashga, mulohaza qilishga chorlaydi.
URUSHNING SO‘NGGI QURBONI.
Shoikrom ayvon to‘ridagi sandal chetida xomush o‘tirardi. Allaqachon bahor kelib, kunlar isib ketganiga qaramay, hamon sandal olib tashlanmagani, ammo hech kim bu to‘g‘rida o‘ylab ko‘rmaganini u endi payqaganday g‘ashi keldi. Bo‘z ko‘rpa ustidan yopilgan, shinni dog‘i qotgan quruq dasturxon ham, hozirgina go‘jadan bo‘shagan sopol tovoq, bandi kuygan yog‘och qoshiq ham uning ko‘ziga xunuk ko‘rinib ketdi. Ammo beparvolik bilan qo‘l siltadi-yu, do‘ppisini sandal ustiga tashlab yonboshladi.
Yarim kechabo‘lib qolgan, atrof jimjit. Faqat olislarda it uliydi. Ayvon to‘sindagi uzun mixga ilig‘liq lampochka xira nur taratadi. Chiroq atrofida o‘ralashgan chivinlar bir zum tinmaydi. Hovlining yarmigacha ariq tortib ekilgan qulupnay pushtalari orasida suv yaltiraydi. Onda-sonda rang olgan qulupnaylar ko‘zga tashlanib qoladi. Qayoqdandir shamol keldi. Hovli etagidagi yong‘oq shoxlari bir guvillab qo‘ydi. Shoikrom uyqu elita boshlagan ko‘zlari bilan o‘sha tomonga qaradi-yu, ter hidi anqib turgan lo‘labolishga boshini tashladi. Shu ondayoq yana o‘sha tovoq, bandi kuygan qoshiqqa ko‘zi tushib, tag‘in g‘ashlandi: «Ziqna bo‘lmay o‘l! - deb o‘yladi xotinini so‘kib. - Azaldan qurumsoq edi, zamon og‘irlashgandan buyon battar bo‘ldi».
MUNDARIJA.
Mashaqqatli safar (Kitobxon bilan ikki og‘iz suhbat).
Hikoyalar.
Urushning so‘nggi qurboni.
Muhabbat.
Hurkitilgan tush.
O‘zbeklar.
Yanga.
Nega? Nega?.
Xotam-xasisning xazinasi.
Umr savdosi.
Dehqonning bir kuni.
O‘zbek ishi.
Jintepa.
Shingil hikoyalar.
Tamov.
Tuyava eshik.
Tomsuvoq.
Laylak.
O‘ylar
Ajdahoga duch kelgan adib.
Insof.
Andisha.
Uvol.
Hajviy hikoyalar.
Amerikagasayohat.
Osh.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу O‘zbeklar, Hikoyalar, o‘ylar, hajviyalar, Hoshimov O‘., 2018 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Хештеги: #учебник на узбекском языке :: #узбекский язык :: #Hoshimov
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- Hunar oltindan qimmat
- Yovvoyi qushlar, Hans Kristian Andersen, 2012
- Turk ertaklari, Po Iatov H., Sodiqov N., 2010
- O‘n sakkizga kirmagan kim bor, Qissa, Xolmirzayev Sh., 2018
Предыдущие статьи:
- Taras Bulba, Gogol N., 2015
- Ona tili, 10 sinf, Mahmudov N., 2017
- Ona tili, 8 sinf, Qodirov M., 2019
- Ona tili va o‘qish savodxonligi, 1-sinf, 1-qism, Azimova I., 2021