Turk ertaklari, Po Iatov H., Sodiqov N., 2010

Turk ertaklari, Po'Iatov H., Sodiqov N., 2010.

Учебник на узбекском языке.

   Turk ertaklari O'rta Osiyo, Yaqin Sharq va Bolqon yarim orolida istiqomat qiluvchi xalqlarning ertaklariga juda ham yaqin. Chunki ular shu xalqlarning o'zaro iqtisodiy va madaniy aloqalari natijasida paydo bo'lgan, shu sababga ko'ra ularning ko'pgina xalqlarga, shu jumladan, o'zbek kitobxonlariga ham o'z ertaklaridek ta'sir qilishi tabiiydir.

Turk ertaklari, Po'Iatov H., Sodiqov N., 2010


G'ALATI GUL.
Bor ekan-da, yo'q ekan, och ekan-da, to'q ekan, bo'ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg'a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, qirg'ovul qizil ekan, dumlari uzun ekan, toshbaqa tarozibon ekan-u, qurbaqadan qarzdor ekan.

Juda qadim zamonda bir podsho bo'lib, uning peshanasida yakka-yu yagona qizi bor ekan. Shoh uni juda ham yaxshi ko'rarkan, undan bir nafas ham ajralgisi kelmas ekan. Qiz bo'lsa, shu qadar chiroyli ekanki, hatto butun dunyoni qidirganda ham bundaqangisini topib bo'lmas ekan. Ko'p yigitlar uning jamolini ko'rishga zor ekanlar-u, lekin bu hech kimga muyassar bo'lmagan ekan. Chunki podsho qizini ostona hatlab tashqari chiqishiga yo'l qo'ymas ekan.

Yaman podshosining o'g'li shu qizni ko'rish ishtiyoqida o'z yurtini tark etib, yo'lga chiqibdi. Qizning shahriga yetish uchun yetti yil yo'l yurish kerak ekan.
— Borib, baxtimni sinab ko'raman, — debdi yigit. Shunday qilib, u ikki yil yo'l yuribdi. Liboslari yirtilibdi. Puli ham tugabdi. U ochimdan o'lmay, deb tilanchilik qilibdi. Ba'zan unga ovqatlanish nasib bo'libdi, ba'zi kunlarda og'ziga uvoq ham solmabdi. Shu ahvolda u allaqancha joylarni kezib chiqibdi.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Turk ertaklari, Po Iatov H., Sodiqov N., 2010 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Хештеги: :: :: ::