Учебник по музыке для 4 класса на узбекском языке.
Aziz o‘quvchi! Наr bir xalqning orombaxsh kuy-ohanglari, qo‘shiq-aytimlari, bir so‘z bilan aytganda, milliy musiqasi boMadi. Xalq musiqasi — ko‘p va uzoq asrlik sinovlardan o‘tgan va qalbimizga jo bo‘lgan ma’naviy boyligimizdir.
Xilma-xil cholg‘ularimiz va ularda sadolanib kelayotgan milliy navolarimiz esa ana shu ma’naviy boylikning ajralmas qismidir.
Qo‘lingizdagi darslik sizlarni ana shunday ma’naviy go‘zallik va boyliklardan bahramand etish istagida yozilgan.
Unda xalqimizning turmush tarzi, mehnat faoliyati va turli bayram marosimlari bilan bog‘liq qo‘shiqlari, milliy cholg‘ulari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishasiz, noyob kuy-qo‘shiqlarni tinglaysiz, ulardan ayrim namunalarni kuylashga o‘rganasiz. Shuningdek, O‘zbekiston bastakorlari va kompozitorlarining Siz o‘quvchilar uchun ijod etgan qo‘shiqlari bilan tanishasiz!








