Учебник по литературе для 6 класса на узбекском языке.
Siz 5-sinfda o‘zbek va jahon adabiyotining ajoyib namunalari bilan tanishgan, buyuk siymolarning, iste’dodli ijodkorlarning tarjimayi hollaridan xabardor bo‘lgan edingiz. Shubha yo‘qki, Siz egallagan bu bilimlar dunyoqarashingizni yanada boyitdi, ezgulikka, go‘zallikka bo‘lgan mehringizni oshirdi.
Bu yil 6-sinfda yanada ko‘proq ijodkorlar bilan tanishasiz, rang-barang asarlarni chuqurroq o‘rganasiz. Endi Sizning ko‘ngil uyingizga o‘zbek mumtoz adabiyoti-yu jahon adabiyotidan ham, hozirgi zamon adabiyotidan ham ko‘proq adib-u shoirlar kirib kelishadi. Ularga qalbingizdan keng o‘rin bering, asarlarini qunt bilan sinchiklab o‘rganing. Darslikda badiiy asarlarning turlari va janrlari haqida nazariy ma’lumotlar ham keltirilgan. Bu esa Sizning adabiyot ilmi haqidagi bilimlaringizning yanada boyishiga, badiiy asar mohiyatini kengroq anglashingizga yordam beradi. Sizga yana bir narsani tavsiya qilamiz: ushbu darslikda ko‘pgina asarlar to‘liq holida emas, balki qisqartirib keltirilgan. Siz ana shu asarlarning to‘liq nusxasini topib o‘qisangiz, adabiyot fanini yanada chuqurroq o‘zlashtirgan, ayni paytda juda katta estetik zavq, ma’naviy oziq olgan bo‘lasiz.
Bu ishda Sizga muvaffaqiyatlar tilaymiz!
SHUM BOLA.
Bu qishloqda Sariboy bo‘lis degan katta yer egasi bor ekan. Uning ming tanoblab hisoblangan olmazoriga epchil qo‘lli xizmatkor doim zarur bo‘lib turar ekan. Ayniqsa, hozir olmalar pishgan vaqti bo‘lgani uchun menga o‘xshash oshtomog‘iga yuradigan arzonqo‘l kishilarni eshigidan quvlamas ekan. Bu kecha uning xizmatkorlari yotadigan qo‘shxonada yotishga qaror berdim. Uzumchi menga yo‘lboshlovchi bo‘lib ko‘rsatib qo‘ydi. Boyning qari-qartang aralash yigirma choq xizmatkorlari kechki juvari go‘ja ustida edilar.
– Assalomu alaykum, – deb kirib bordim. Juda mehribonlik bilan o‘z o‘rtalariga qabul qildilar. Arz-dodimni ularga aytdim.
Ulardan bitta keksarog‘i:
– Asil umring Sariboyda bekorga o‘tib ketadi, uka, yosh ekansan. Bironta boshqa kasbning payidan bo‘lganingda yaxshi bo‘lar edi. Ha, mayli, sal o‘zingni tutib olguningcha o‘n-o‘n besh kun ishlab tur. Keyin yo‘lingni topib olarsan... – degan dudmal maslahat berdi. Bitta bo‘sh sopol tovoqqa bir cho‘mich go‘ja quyib berdilar. Ikki burda jaydari non bilan shu oshni maza qilib ichib oldim.
MUNDARIJA.
Ma’naviyat xazinasi.
BOLA – UCHQUR XAYOL EGASI.
G‘afur G‘ulom.
Turob To‘la.
Xudoyberdi To‘xtaboyev.
Janni Rodari.
KECHAGI KUN SABOQLARI.
Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy.
Nazariy ma’lumot. Hajviy asar haqida tushuncha.
Abdulla Qahhor.
Odil Yoqubov.
Erkin Vohidov.
O‘tkir Hoshimov.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Adabiyot, 6 sinf, 1 qism, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh., 2017 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Хештеги: #учебник на узбекском языке :: #литература :: #Ahmedov :: #Qo‘chqorov :: #Rizayev :: #6 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- Книга для чтения, учебник для 4 класса школ общего среднего образования с русским языком обучения, Исангулова Р.Ф., Несговорова В.М., Кожуховская В.М., 2020
- Литература, 5 класс, учебник, Сергеева Н.И., Меркин Г.С., 2020
- Внеклассное чтение, 2, Вульф О., Жирнов Г., 2011
- Внеклассное чтение, 1, Вульф О., Жирнов Г.Г., 2011
Предыдущие статьи:
- Adabiyot, 11 sinf, 2 qism, To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., 2018
- Adabiyot, 10 sinf, Darslik-majmua, 1 qism, To‘xliyev B., Karimov B., 2017
- Adabiyot, 10 sinf, Darslik-majmua, 2 qism, To‘xliyev B., Karimov B., 2017
- Самые мудрые притчи и афоризмы, Омар Хайям, 2016