сказки

Sehrli uzuk, Hind xalq ertaklari/ruschadan, Yoqubov A., 2015

Sehrli uzuk, Hind xalq ertaklari/ruschadan, Yoqubov A., 2015.

Hind xalqining ajoyib voqealarga, turfa sarguzashtlarga boy ertaklari bolalarning jon-u dili. Chunki Hindistonning betakror tabiati har bir insonni o‘ziga maftun etishi tabiiy. Ana shunday betakror tabiat olamida ertak qahramonlari bilan birga bo‘lish, ularning ezgu orzu umidlarini his etish, yovuzlik ustidan ular bilan birga g‘alaba qozonish ertaksevar bolalarni doimo o‘ziga chorlaydi. Ana shularni hisobga olgan holda o‘tgan asrning 70-yillarida mohir tarjimon Ahmadjon Yoqubov tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan hind xalqining sara ertaklarini qayta nashr etishga jazm etdik. Zero, ertaklar bolalarga doimo quvonch bag‘ishlaydi, ularning dunyoqarashini kengaytiradi, ezgulikka oshno qiladi. Hind xalq ertaklarini qayta nashrga tayyorlash jarayonida ertaklarning ma’no-mazmuni, bolalarning yoshiga mosligi to‘liq ko‘rib chiqildi. Dastlabki nashrda yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar tuzatildi. Qo‘lingizdagi kitobda qahramonlik, do‘stlik, sadoqat, mehr-oqibat va boshqa go‘zal insoniy xislatlar haqidagi ertaklar jamlangan. Bu ertaklar siz aziz kitobxonlarga ham manzur bo‘ladi degan umiddamiz.

Sehrli uzuk, Hind xalq ertaklari/ruschadan, Yoqubov A., 2015
Скачать и читать Sehrli uzuk, Hind xalq ertaklari/ruschadan, Yoqubov A., 2015
 

Yalqov to‘quvchi, Ertaklar, Aka-uka Grimm, 2015

Yalqov to‘quvchi, Ertaklar, Aka-uka Grimm, 2015.

Ushbu kitobda aka-uka Grimmlarning saralangan ertaklari jamlangan. Ularni Grimmlar xalq og‘zidan yozib olib, olmon adabiy tili normalariga moslashtirgach, dastlab 1812-yilda chop ettirishgan. Bugungi kunga qadar mazkur ertaklar 190 ga yaqin dunyo tillariga tarjima qilingan. Ularda olmon xalqining orzu-umidlari, orzularga yetishish yo‘lida uchraydigan mashaqqatlar va ularni yengish yo‘llari, adolat uchun kurash, do‘stlik, Vatanga muhabbat, ahdga sadoqat kabi mavzular turli obrazlarda ifoda etilgan. Sarguzashtlarga boy va quvnoq ertaklarni o‘zida jamlagan mazkur mo‘jaz xazina aka-uka Grimmlarning «Mittivoylar sovg‘asi» nomli 1-kitobining mantiqiy davomi hisoblanadi.

Yalqov to‘quvchi, Ertaklar, Aka-uka Grimm, 2015
Скачать и читать Yalqov to‘quvchi, Ertaklar, Aka-uka Grimm, 2015
 

Uch og‘ayni botirlar, O‘zbek xalq ertaklari, 2016

Uch og‘ayni botirlar, O‘zbek xalq ertaklari, 2016.

Mazkur to‘plamdan o‘rin olgan ertaklarni biz bolaligimizda bobojonlarimizdan, buvijonlarimizdan eshitib ulg‘ayganmiz. Insonlarni mardlikka chorlovchi, saxiy va bag‘rikeng bo‘lishga undovchi, hayotda yashashdan maqsad odamlarga yaxshilik qilish va ular o‘rtasiga ezgulik urug‘larini sochish, qo‘yingki, barcha ulug‘ insoniy fazilatlar ulug‘langan xalq ertaklari endi bizning farzandlarimiz qalbiga ham yetib borsin, degan niyat bilan nashrga tayyorlayotgan mazkur kitobimiz bizning navbatdagi tuhfamizdir. Bolalarimiz bilan bolaligimizga qaytish zavqini, bolalari mizning quvonchiga sherik bo‘lish baxtini sizga-da ilinamiz.

Uch og‘ayni botirlar, O‘zbek xalq ertaklari, 2016
Купить бумажную или электронную книгу и скачать и читать Uch og‘ayni botirlar, O‘zbek xalq ertaklari, 2016
           
Показана страница 2 из 14




 

2025-04-16 20:14:06