Hind xalqining ajoyib voqealarga, turfa sarguzashtlarga boy ertaklari bolalarning jon-u dili. Chunki Hindistonning betakror tabiati har bir insonni o‘ziga maftun etishi tabiiy. Ana shunday betakror tabiat olamida ertak qahramonlari bilan birga bo‘lish, ularning ezgu orzu umidlarini his etish, yovuzlik ustidan ular bilan birga g‘alaba qozonish ertaksevar bolalarni doimo o‘ziga chorlaydi. Ana shularni hisobga olgan holda o‘tgan asrning 70-yillarida mohir tarjimon Ahmadjon Yoqubov tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan hind xalqining sara ertaklarini qayta nashr etishga jazm etdik. Zero, ertaklar bolalarga doimo quvonch bag‘ishlaydi, ularning dunyoqarashini kengaytiradi, ezgulikka oshno qiladi. Hind xalq ertaklarini qayta nashrga tayyorlash jarayonida ertaklarning ma’no-mazmuni, bolalarning yoshiga mosligi to‘liq ko‘rib chiqildi. Dastlabki nashrda yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar tuzatildi. Qo‘lingizdagi kitobda qahramonlik, do‘stlik, sadoqat, mehr-oqibat va boshqa go‘zal insoniy xislatlar haqidagi ertaklar jamlangan. Bu ertaklar siz aziz kitobxonlarga ham manzur bo‘ladi degan umiddamiz.
MURCH DONA.
Bor ekan, yo‘q ekan, Andxra mamlakatining qishloqlaridan birida kambag‘al bir kampir yashagan ekan. Uning ikki nafar o‘g‘li bor ekan. Ular har kuni ertalab o‘rmonga ov qilgani kеtib, kеchqurun qaytishar ekan. Ov go‘shtini qo‘shnilariga sotishib; tuz, qalampir, gurunch, non uchun tariq uni olishar va onalariga kеltirib bеrishar ekan. Ona lari non yopar, gurunch qaynatar va o‘g‘illarini boqar ekan, o‘zlarini ham esdan chiqarmas ekan. Kunlardan bir kun o‘g‘illari ertalab o‘rmonga ovga kеtishibdi-yu, lеkin kеchqurun qaytib kеlishmabdi. Qorong‘i tushibdi, os- monda yulduzlar miltillabdi, biroq ulardan hamon darak yo‘q emish. Kampirni vahima bosibdi: «O‘g‘illarim qayoqda qoldi ekan? Mеn endi qandoq qilaman?
MUNDARIJA.
Murch dona.
O‘tinchi mittivoy.
Timsohlar shohi.
Nimjon.
Lalmal.
Bahodir Balaramayya bilan aqlli Madxavayya.
Kim kimdan qo‘rqadi?
Kambag‘al to‘quvchi.
Ko‘r uka.
«Yopish».
Uch donishmand.
Malika bilan kanizak.
Podsho bolalari.
Malika Pushpamala.
Botir aka-ukalar.
Shahzoda Shеrdil.
Uch shahzoda.
Ikki aka-uka.
Sеhrli uzuk.
Bir kunlik podsho.
Mayya shahri.
Malika Padmini bilan to‘ti Xiromon.
Tеkin xizmatkor.
O‘n ikki og‘a-ini.
Kanizakning nayrangi.
Saxovatli Dxir Sinx.
Podsho Dxanroj bilan uning to‘tisi.
Maslahatchi bilan sеhrgar.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Sehrli uzuk, Hind xalq ertaklari/ruschadan, Yoqubov A., 2015 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Хештеги: #сказки :: #Yoqubov :: #сказки на узбекском языке :: #Узбекистан
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Предыдущие статьи:
- Принцесса из апельсина, 2012
- Кот, лиса и петух, Булатов М., 2012
- Принц Роланд, 2012
- Король Дроздобород, Братья Гримм, 2012