Книги по художественной литературе на узбекском языке.
„Yulduzim mangu yonadi“, deydi asarda bosh qahramon Bokri polvon. Aslida, bu so‘zlar yozuvchi yuragining tub-tubidan chiqqan nido bo‘lsa ajab emas. Bo‘ri polvon obrazi orqali Tog‘ay Murod o‘z asari umrining uzunligini aytganday bo‘iadi.
Tog'ay Murodning „Yulduzi“ mangu charaqlab turibdi. Uning ko‘plab asarlari, xususan, „Yulduzlar mangu yonadi“ qissasi ham yillar sinovidan o‘tib keimoqda.
Mangulikka daxldor mazkur qissani nashriyotimiz siz aziz ki-tobxonlarga ilindi. Qissani o‘qib siz haqiqiy o‘zbek kishilari bilan ta-nishasiz. Asaming xalqchil ruhi sizni o‘ziga maftun etadi.
YULDUZLAR MANGU YONADI.
- Odamlar-u odamlar, tog'da bitgan bodomlar, eshitmadim demanglar! Bugun ha-a-amma Zulfiqor polvonnikiga sunnat to‘yiga, he-e-e-ey! Chu, jonivor!
Egar qoshiga to‘n solib olmish jarchi guzarma-guzar ot o‘ynatdi. Xo'jasoat qishlog"i ahlini to‘yga chorladi.
Xiyol o'tmadi. To‘y bekasi otda eshikma-eshik yurdi. Xo-nadonlami alohida-alohida aytdi.
Xonadon bekalari:
- Quruq ketmang, - deya egar qoshiga to‘n ildi.
To‘y bekasi yuziga fotiha tortdi.
- Iloyim, sizlami-da to‘yga yetkazsin, - deya tilak tiladi.
Keyin, Zulfiqor polvon ot mindi.
El-yurtni o‘z nomidan aytdi.
El-yurt ko‘ngli nozik-da.
To‘y bckasi aytgan boshqa, to‘y xo‘jasi aytgan boshqa.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Yulduzim mangu yonadi, Tog‘ay M., 2020 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Хештеги: #книга на узбекском языке :: #литература :: #Tog‘ay
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Предыдущие статьи:
- Movarounnahr tongi, Jahongirning tug‘ilishi, Tarixiy roman, Ismoilov N., 2017
- Meshpolvon jangga otlandi, Obidjon A.
- Qaysar mushukcha, Tasawurni boyituvchi ertaklar, Nishonova F., 2016
- 0099 raqamli yolg onchi, Qissa va hikoyalar, Obidjon A., 2014