Hiylagar bedana, O‘zbek xalq ertaklari, Hasanov A., 2017

Hiylagar bedana, O‘zbek xalq ertaklari, Hasanov A., 2017.

Книги по художественной литературе на узбекском языке.

   Jahonning boshqa xalqlari kabi o'zbek xalqi ham o‘z ertaklariga boy. O‘zbek xalq ertaklarida miUatimizga xos rahm-shafqat, zukkolik, mehmondo‘stlik, rostgo‘ylik, saxiylik kabi o‘nlab fazilatlar ustuvordir. Ertaklarimiz bolajonlarimizning pok ko‘ngliga toza suvdek shildirab kiradi, ular ongini musiqa yanglig‘ chulg‘ab oladi. Shu jihatdan qaralganda o‘zbek xalq ertaklarini ma’nolar xazinasiga o‘xshatish mumkin.
„Hiylagar bedana“ nomli ertaklar kitobi ushbu xazi-nadan olingan bir hovuch hikmat majmuyidir. O‘ylaymizki, bu kitob bolalarning doimiy hamrohiga aylanadi, ularni ezgulik sari yetaklashga xizmat qiladi.

Hiylagar bedana, O‘zbek xalq ertaklari, Hasanov A., 2017


MOHISTARA.
Bag‘dod shahrida shohi Odil degan pod-shoh o‘tgan edi. Shohi Odil o‘z zamo-nasida o‘zini ko‘p Odil podshoh deb ta-nitgan edi. Odil shohning uchta xotini bo‘lgan. Xotinlari uzoq vaqt tug‘madi. Oxiri kichik xotini Diloroyim bir o‘g‘il tug‘di. Unga Shavkat deb ot qo‘ydilar. Shavkatni atlas, kimxobga o‘radilar, necha enaga uni tarbiya qila boshladi.

Shavkat ko‘p chiroyli, xuddi osmondagi Cho‘lpon yulduziday go‘zal edi. Shoh Odil yoshi bir joyga borib o‘g‘illi bo‘lgani uchun ko‘p xursand bo‘ldi, mamlakat xalqini chaqirib, bir qancha kun to‘y-tomosha qilib, elga osh-non berdi, jami kam-bag‘alga in’omlar ulashdi.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Hiylagar bedana, O‘zbek xalq ertaklari, Hasanov A., 2017 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Хештеги: :: ::