Baliqchi va baliq haqida ertak, Pushkin А., 2017

Baliqchi va baliq haqida ertak, Pushkin А., 2017.

Учебник на узбекском языке.

   Barcha uchun sevimli “Baliqchi va baliq haqida ertak” nomi bilan mashhur she’riy satrlar, unga ajoyib tarzda ishlangan multfilm hali-hanuz barcha yoshdagi insonlar e’tiborini qozonib keladi. Buning siri nimada? Asarning jozibasi uning хalq qalbiga yaqinligida. Pushkinning boshqa asarlari haqida ham aynan mana shunday fikrlarni bildirish maqsadga muvofiqdir. Хalqning dardi, qismati, fazilati, kamchiligi, nuqsoni, tabiati, qo‘yingki, odamzotda mavjud bo‘lgan barcha o‘ziga хosliklar aynan adib asarlarining bezagi, ayni paytda badiiyatga ko‘chirilgan iqtidoridan nishonadir.
Aynan shu jihatlariga ko‘ra adib asarlari odamlar ko‘ngliga yaqin. Qolaversa, har bir asardan хulosa chiqarishni muallif kitobхonning o‘ziga havola qiladi. Biz ushbu mo‘jazgina kitobchamiz orqali Pushkin ijodi bilan yaqindan tanishtirish barobarida hayotimizda uchraydigan turli vaziyatlardan to‘g‘ri хulosa chiqarishga undamoqdamiz.

Baliqchi va baliq haqida ertak, Pushkin А., 2017


POP VA UNING XIZMATKORI BALDA HAQIDA ERTAK.
Bo‘lgan ekan bir pop, Tentak ekan xo‘p.
Pop bozorga borgan ekan bir kuni,
Mol-pol ko‘rib kelish uchun, mazmuni.
Qay tarafga ketishini bilmasdan –
Balda uchrab qolmish popga bexosdan.
Balda debdi: «Taqsir, turib azonda,
Nimalarni izlaysan bu tomonda?»
Savoliga shunday bermish pop javob:
«Bir xizmatkor qidiraman o‘zim bop.
Bo‘lsin oshpaz, otboqar ham duradgor.
Ayt-chi, bunday arzon malay qayda bor?»
Balda debdi: «Yaxshi malay bo‘layin,
Bergan obi-yovg‘oningga ko‘nayin,
Xizmatimga haq to‘laysan shu xilda:
Peshonangga uch chertaman bir yilda».
Pop bo‘lsa-chi, ancha o‘ylab qolipti,
Peshonasin qashib qo‘li tolipti.
Pop o‘ylarmish: bir gap bo‘lar – to‘lar haq,
Chertkilardan chertkilar ham qilar farq.
Balda qo‘ygan shartga ko‘nib, depti pop:
«Bu shart senga va menga ham ma’qul xo‘p.
Endi mening hovlimda kun ko‘raver,
G‘ayrat bilan xizmat qilib yuraver».

MUNDARIJA.
Yangi rus adabiyotining asoschisi.
Baliqchi va baliq haqida ertak. Mirtemir tarjimasi.
O‘lik bekach va yetti bahodir haqida ertak. Mirtemir tarjimasi.
Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak. Mirtemir tarjimasi.
Shoh Saltan haqida uning azamat va shavkatli o‘g‘li bahodir knyaz Gvidon Saltanzoda ham suluv shohqiz oqqush haqida ertak. Mirtemir tarjimasi.
Suv parisi (kichik dramma). Hamid Olimjon tarjimasi.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Baliqchi va baliq haqida ertak, Pushkin А., 2017 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Хештеги: ::


 


 

2024-04-23 23:18:31