Tarbiya, 10 sinf, Ismatova N., Zamonov Z., Islomov Z., 2021

Tarbiya, 10 sinf, Ismatova N., Zamonov Z., Islomov Z., 2021.

Учебник по воспитанию для 10 класса на узбекском языке.

   Haqiqatan ham tarbiya inson tabiatiga xos fazilat. Go‘zal tarbiya va unga mos chuqur bilim vositasida inson jamiyatda alohida hurmat-izzat, obro‘-eʼtibor topadi. Ishonch va mavqega ega bo‘lib, moddiy hamda maʼnaviy boyliklar yaratib, kelgusi avlodga munosib meros qoldiradi.
Shoirlar sultoni Аlisher Navoiy aytadilar: “Аdab o‘rgangil-u ilm hosil qil, Аhli maʼnog‘a o‘zni vosil qil”. Yaʼni ilmni odob orqali o‘rgan va maʼrifat ahliga olingan natijani go‘zal axloq bilan namoyon qil. Qo‘lingizga yetib turgan navbatdagi “Tarbiya” darsligida ham aynan maqsadli va mazmunli umr kechirishning mohiyati haqidagi rukn va mavzular, ularni faollashtiruvchi savol va javoblar, ijodiy topshiriqlar keltirilgan. Shuningdek, munavvar fikrli insonlarning maʼrifatga limmo-lim mulohazalari bilan boyitilgan.
Ushbu kitob bugungi tezkor globallashuv jarayonlarida sizning maʼnaviy barkamol bo‘lib tarbiyalanishingizda, turli shakldagi tahdidlarga munosib kurashishingizda amaliy yordamchi, hayotiy qo‘llanma bo‘ladi, degan umiddamiz.

Tarbiya, 10 sinf, Ismatova N., Zamonov Z., Islomov Z., 2021


SULOLALAR RAVNAQI.
Xalqimizda “Vatan ostonadan boshlanadi” degan naql bor. Ostona bu – uy, xonadon, oila demak. Ma’lum bir oila avlodi sulola hisoblanadi. El-yurt manfaati yo‘lida xizmat qilib, sulola a’zolari xalq orasida obro‘-e’tibor topadi. Bu yo‘l qolganlar uchun ibrat sanaladi.

Har qanday sulola o‘z-o‘zidan yuqori mavqega ega bo‘la olmaydi. Buning uchun el-yurt orasida obro‘ topgan sulola vakili o‘zining ibratli hayot yo‘li va ezgu amali bilan taniladi, uning izidan kelayotgan avlodlar esa bu an’anani mazmunan boyitadi. Sulola obro‘sini saqlab, oilaviy an’analarga sodiq bo‘lgan zurriyotlarni voyaga yetkazish muhimdir...

MUNDARIJA.
I BOB. OILAVIY QADRIYATLAR.
1-mavzu: Vatan yagona.
2–3-mavzu: Oila – Vatan ichra Vatan.
4–5-mavzu: Oila – baxt qo‘rg‘oni.
6–7-mavzu: Oiladagi burch va mas’uliyat.
8-mavzu: Baxt manzillari.
II BOB. INSON VA JAMIYAT.
9-mavzu: Mahalla – qadriyatlar beshigi.
10-mavzu: Jamiyatning ma’naviy asoslari.
11–12-mavzu: Din va madaniyat.
13–14-mavzu: Dunyo dinlarida insonparvarlik g‘oyalari.
15-mavzu: Eng katta meros.
III BOB. IJTIMOIY TARMOQ: IMKONIYATLAR VA TAHDIDLAR.
16–17-mavzu: Buzg‘unchi g‘oyalar.
18–19-mavzu: Jaholatga qarshi ma’rifat.
20-mavzu: Xavfsiz media ummoni.
21-mavzu: Soxta xabarlar ortida nima bor?.
IV BOB. MEHNATSEVARLIK, TADBIRKORLIK VA KASBIY KO‘NIKMALAR.
22-mavzu: Baxtli hayot poydevori.
23–24-mavzu: Iste’mol va tadbirkorlik madaniyati.
25–26-mavzu: Kasb tanlash sirlari.
27–28-mavzu: O‘rganishdan to‘xtamang.
29–30-mavzu: Iroda.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Tarbiya, 10 sinf, Ismatova N., Zamonov Z., Islomov Z., 2021 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Хештеги: :: :: :: :: ::