Учебник по истории для 5 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Vatan ta’rifi. Vatan! Bu so‘z zamirida olam-olam ma’no bor.
Vatan – aziz muqaddas va mo‘tabar yurtdir.
Vatan – biz tug‘ilgan makon. Kindik qonimiz to‘kilgan tuproq.
Vatan – bu oltin beshik. Ota-onamiz, qarindoshlarimiz va do‘stlarimiz bilan birga yashayotgan zamin. Bobolarimizning izlari qolgan yer.
Ajdodlarimiz yurti, yurakdagi javohirdir.
Vatan – jonajon shahringiz va qishlog‘ingizdir. Insonning qalbi, orzu-umidlari, quvonchlari va kelajagi Vatani bilan chambarchas bog‘liqdir.
KALENDARLAR TARIXIDAN.
«Kalendar» lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «qarz daftari», «har oyning birinchi kuni» degan ma’nolarni anglatadi. Hayotimizda esa kalendar vaqtning kunlarga, haftalarga, oylarga va yillarga bo‘lib hisoblanishidir. Kalendarda yil, oy va kunlarning nomlari yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Kalendarlar bizning bobolarimiz tomonidan «taqvim»lar deb yuritilgan.
Hozir dunyoning ko‘p davlatlarida, shuningdek O‘zbekistonda ham foydalanilayotgan kalendar «Grigorian kalendari» deb ataladi.
Kalendarning vatani. Dastlabki kalendar qadimgi Misrda yaratildi. Misrliklar o‘zlari uchun hayot-mamot masalasi bo‘lgan Nil daryosining qachon toshishini kuzatganlar.
MUNDARIJA.
Kirish: Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q.
I bob. Tarix fani nimani o‘rganadi?.
1-§. Tarixiy manbalar.
2-§. Kalendarlar tarixidan.
3-§. Tarixda yil hisobi.
4-§. Dunyo xaritasi tarixi.
II bob. Eng qadimgi davrlarda dunyo xalqlari.
5-§. Eng qadimgi odamlar va ularning manzilgohlari.
6-§. Qadimgi odamlarning turmush tarzi.
7-§. Arxeologiya tarixidan.
III bob. Kishilik madaniyatining shakllanishi.
8-§. Qoyatosh suratlari.
9-§. Yozuv – insoniyatning buyuk kashfiyoti.
10-§. «Avesto» – ajdodlarimiz yaratgan ilk yozma tarixiy manba.
11-§. Muzeylar.
IV bob. Dastlabki sivilizatsiyalar, shaharlar va davlatlar.
12-§. Yevropa va Amerikada dastlabki sivilizatsiyalar.
13-§. Qadimgi shaharlarning paydo bo‘lishi.
14-§. Dunyoning qadimgi davlatlari.
15-§. Qadimgi dunyoning yetti mo‘jizasi.
16-§. O‘zbekiston hududidagi qadimgi davlatlar.
V bob. Savdo va aloqa.
17-§. Tangalar – tarix guvohi.
18-§. Savdo yo‘llari.
19-§. Yangi dengiz savdo yo‘llarining ochilishi.
20-§. Ishlab chiqarish texnikasining paydo bo‘lishi.
21-§. Transport vositalarining ixtiro etilishi.
22-§. Aloqa vositalarining ixtiro etilishi.
VI bob. Vatanimizda va Yevropada ilm-fan taraqqiyoti.
23-§. Maktab – bilim o‘chog‘i.
24-§. Yurtimizning buyuk allomalari.
25-§. Mirzo Ulug‘bek va uning akademiyasi.
26-§. Yurt obodonchiligi, adabiyot va san’at.
27-§. Yevropada ilm-fan kashfiyotlari.
28-§. Turkiston ma’rifatparvarlari.
VII bob. Ozodlik uchun kurashgan qahramonlar.
29-§. To‘maris va Shiroq jasorati.
30-§. Spitamenning qahramonligi.
31-§. Arablarga qarshi xalq ozodlik kurashi.
32-§. Jaloliddin Manguberdi xalqimizning milliy qahramoni.
33-§. Sohibqiron Amir Temur.
34–35-§. Rossiya imperiyasi va Sovet mustamlakachiligi.
VIII bob. O‘zbekistonning qadimgi shaharlari, tarixiy yodgorliklari.
36-§. O‘zbekistonning tarixiy shaharlari.
37-§. O‘zbekiston poytaxti Toshkent – 2200 yoshda.
38–39-§. O‘zbekistonning tarixiy-me’moriy yodgorliklari.
IX bob. Insoniyat tarixidagi jahon urushlari.
40-§. Birinchi jahon urushi.
41-§. Birinchi jahon urushi va Turkiston.
42-§. Ikkinchi jahon urushi.
43-§. Gitler Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekistonning qo‘shgan hissasi.
X bob. Jahonda tinchlik va hamkorlik uchun kurash.
44-§. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT).
45-§. BMT va dunyo bolalari.
XI bob. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lida.
46-§. O‘zbekiston mustaqilligining qo‘lga kiritilishi.
47-§. O‘zbekiston iqtisodiyotidagi yutuqlar.
48-§. Ma’naviy va ma’rifiy yuksalish.
49-§. O‘zbekiston va jahon.
XII bob. Dunyo xalqlari XXI asrda.
50–51-§. Dunyo xavfsizligiga tahdid.
52-§. XXI asr – ilm-fan va taraqqiyot asri.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Tarixdan hikoyalar, 5 sinf, Jo‘rayev U., Usmonov Q., Nurqulov A., Jo‘rayeva G., 2015 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Хештеги: #учебник на узбекском языке :: #история :: #Jo‘rayev :: #Usmonov :: #Nurqulov :: #Jo‘rayeva :: #5 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- O zbekiston tarixi, XVI-XIX asming birinchi yarmi, 8 sinf, Norqulov N., Jo rayev U., 2004
- Jahon tarixi, 10 sinf, Eng yangi davr, Birinchi qism, 1914-1945 yillar, Hidoyatov G., 2003
- Jahon tarixi, 8 sinf, Yangi tarixning birinchi davri, Jo’rayev U., Farmonov R., Ergashev Sh., 2010
- Рассказы по истории, учебник для 5 класса для школ общего среднего образования, Джураев У., Мавлонов У., 2020
Предыдущие статьи:
- Jahon tarixi, 9 sinf, Lafasov M., 2014
- Jahon tarixi, 10 sinf, Ergashev Sh., Xodjayev B., Abdullayev J., 2017
- Dunyo dinlari tarixi, 10 sinf, Islomov Z., Rahimjonov D., Najmiddinov J., 2017
- O‘zbekiston tarixi, 7 sinf, Muhammadjonov A., 2017