Ona tili, 11 sinf, Mengliyev B., Toshmirzayeva S., Atoyeva S., Majidova S., 2020.
Учебник по родному языку для 11 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Alisher Navoiy istiqomat qilgan uy „Unsiya“ deb atalib, o‘z davrida chin do‘stlar, ijod ahli, ustoz va shogirdlar uchun dilbar suhbatlar oshyoni, ezgulik, xayr-u ehson hamda ilm-ma’rifat maskani bo‘lgan. Ahli toliblar kamoloti uchun u zot bunyod etgan madrasalardan biri „Ixlosiya“ deb yuritilgan. Hazrat mangu qo‘nim topgan „Musallo“ maydoni esa ezgu niyatlar, xayrli duolar qilinadigan pok ko‘ngillar sajdagohi sifatida ma’lum va mashhurdir.