Учебник по немецкому языку для 4 класса на узбекском языке.
«Deutsch mit Spaß 4» o‘quv metodik majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875-sonli qarorida belgilangan talablar va vazifalardan kelib chiqqan holda nemis tilini o‘rgatishning zamonaviy va ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda metodlar tamoyillari asosida yaratildi. O‘quv-metodik majmua, darslik, ish daftari, multimedia resursi hamda o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanmadan iborat bo‘lib, ular yaxlit bir holda 4-sinfga qadam qo‘ygan farzandlaringizning nemis tilida saboq olishlariga baholi qudrat yordam beradigan ko‘pdan ko‘p qiziqarli kommunikativ o‘yinlar, she’rlar, qo‘shiqlar va matnlarni o‘z ichiga olgan. Ularni farzandlaringiz tomonidan o‘zlashtirishda, Siz aziz ustozlar va ota-onalarning hissasi beqiyosdir.
O‘qish, yozuv, tinglab tushunish va gapirish asosida nemis tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan ushbu o‘quv-metodik majmua ayrim kamchiliklardan xoli emasligi tabiiy. Shu bois o‘quv metodik majmua yuzasidan bildiradigan fi krlaringiz biz muallifl ar uchun qimmatlidir. O‘quv-metodik majmua bolajonlarni zeriktirib qo‘ymaydi, aksincha, nemis tilini o‘rganishga ishtiyoq uyg‘otish bilan bir qatorda olam-olam quvonch ham bag‘ishlaydi degan umiddamiz.








