Учебник по физике для 7 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Tevarak-atrofimizda velosiped, avtomobil va odamlar yurishini; osmonda qush, vertolyot, samolyot va raketalar uchishini 2-rasm); suvda baliq, akula va delfinlar suzishini; Yer Quyosh atrofida, Oy esa Yer atrofida aylanishini kuzatishimiz mumkin. Jismning harakati ma’lum qonun-qoidalarga bo‘ysunadi. Masalan, olimlar kuzatish natijalari asosida osmon jismlarining qaysi vaqtda fazoning qaysi joyida bo‘lishini aniqlay oladilar. Jumladan, ular Oy va Quyoshning qachon tutilishini oldindan aytib berishlari mumkin.








