Учебник по истории для 9 класса на узбекском языке.
Siz mustaqil O‘zbekistonning farzandlarisiz. Jahon tarixini o‘rganishda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning dunyoda, yon atrofimizda jamiyatimizdagi barqaror vaziyatni izdan chiqarish, odamlar o‘rtasiga nifoq solish, dushmanlik urug‘ini sepish, turli mojarolarni keltirib chiqarish va hatto qon to‘kilishini istayotgan kuchlar ham, afsuski, yo‘q emas“, degan so‘zlarini esda tutishingiz va uning ildizlari XIX asr oxiri - XX asr boshlariga borib taqalishini bilishingiz zarur.
Siz umumiy o‘rta taUim maktabining 9-sinfiga qadam qo‘ydingiz. Siz 8-sinfda „Jahon tarixi“ bo‘yicha XVI asr boshlaridan XIX asming ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrni o‘rgandingiz. Bu davrda jamiyat taraqqiyotida rivojlanish kuckaydi. Ishlab chiqarish yiriklashdi. Siyosiy demokratiya rasmiylashib yuqori tabaqalarning hukmronlik shakllari takomillashdi. Sitjahon tarixining eng qiziqarli, shu bilan birga, murakkab dayrini o‘ganasiz. Chunki bu davrda dunyoda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrning asosiy belgisi - ishlab chiqarishda monopolistik kapitalizm qaror topdi. Turli xil sindikatlar, kartellar konsernlar yuzaga keldi. Ishlab chiqarish markazlashdi, хrijga chiqarish boshlandi. Bir qator davlatlar 100 yilda erisha olmagan taraqqiyotga erishdilar.








