Учебник по географии для 5 класса на узбекском языке.
Siz bu yildan boshlab yangi fan – Geografiyani o‘rganasiz. Bizning buyuk bobokalonlarimiz geograf iyani yaxshi bilishgan, shuning uchun ham ushbu fanga oid qimmatli va qiziqarli ma’lumotlarni yozib qoldirganlar.
Geograf iyani yaxshi o‘rganish uchun sizda qo‘lingizdagi darslikdan tashqari, «Tabiiy geograf iya boshlang‘ich kursi» atlasi, yozuvsiz xarita hamda katak chiziqli daftar bo‘lishi zarur. Shuningdek, rangli qalamlar, chizg‘ich, o‘chirg‘ich, sirkul va ba’zi topshiriqlarni bajarish uchun kompas va globus ham kerak bo‘ladi. Paragraf oxirida berilgan topshiriqlarni bajarganingizda, savollarga javob berganingizda darslikdagi rasm va xaritalardan foydalanishni unutmang.








