Oshkora qotillik qissasi, Markes G.G., 2015

Oshkora qotillik qissasi, Markes G.G., 2015.

Учебник на узбекском языке.

  Nobel mukofoti laureati Gabriel Garsia Markes (1928) jahon adabiyoti ravnaqiga «Yolg‘izlikning yuz yili», «Mustabid paymonasi», «O‘lat izg‘igan kezlarda muhabbat», «Oyqiz, muhabbat, avliyo, shayton va boshqalar» singari durdona romanlari bilan betakror hissa qo‘shgan so‘z san’atkoridir. Adib ayni mahalda «qissa» va «hikoya» janri ustasi, «Oshkora qotillik qissasi» sara asarlardan biri hisoblanadi.

Oshkora qotillik qissasi, Markes G.G., 2015


YOLG‘IZLIKNING YUZ YILI.
Qatlga hukm etilgan polkovnik Aureliano Buendia devor ostida otishlarini kutarkan, ko‘p yillar muqaddam, otasi g‘aroyib muz bo‘lagini ko‘rsatgani olib borgan o‘sha olis oqshomni eslaydi. U vaqtlarda Makondo qadim-qadimgi ulkan mavjudotlar tuxumini eslatuvchi oppog‘-u silliq xarsanglarga urilib oqadigan shiddatli daryo bo‘yidagi yigirma chog‘li loyshuvoq uyli kichik bir qishloqcha edi. Dunyo hali endi yuz ochgan kezlar ko‘pgina mavjudot-u maxluqotlar, turli-tuman buyumlarning nomi yo‘qligidan, ularni imo-ishoralar bilangina ko‘rsatishgan. Har yili mart oyida juldurvoqi lo‘lilar galasi hushtag-u do‘mbiralar chalib, qishloq chekkasiga chodir tikar va Makondo ahliga olimlarning eng so‘nggi ixtirolarini namoyish etishardi.

Dastlab ular ohanrabo olib kelishdi. Oriq barmoqlari chumchuq panjasini eslatuvchi norg‘ul, sersoqol lo‘li Melkiadesning aytishicha, olamning sakkizinchi mo‘jizasi bo‘lmish ohanrabo makedoniyalik kimyogarlar tomonidan yaratilgan ekan. U ohanraboning xosiyatini xaloyiq oldida rosa qoyillatib namoyish qilardi. Melkiadesning qo‘lidagi ikki ohanrabo parchasi tog‘ora-yu qozonlar, qo‘ra-yu otashkuraklarning joyidan qo‘zg‘atayotgani, mayishgan taxtalardagi mix-murvatlarning jonholatda o‘z-o‘zidan sug‘urilib chiqmoqchi bo‘layotgani ni ko‘rgan makondoliklar hayratdan yoqa ushlashardi.

MUNDARIJA.
Yolg‘izlikning yuz yili.
Oshkora qotillik qissasi.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Oshkora qotillik qissasi, Markes G.G., 2015 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Хештеги: ::


 


 

2024-04-16 13:43:34