Jahon tarixi, 8 sinf, XVI-XIX asrning 60 yillari, Farmonov R., 2019

Jahon tarixi, 8 sinf, XVI-XIX asrning 60 yillari, Farmonov R., 2019.

Учебник по истории для 8 класса на узбекском языке.

  Siz VIII sinfda insoniyat taraqqiyotining keyingi bosqichi — Yangi tarix voqealari bilan tanishishni boshlaysiz. Yangi tarix kishilarning tabiiy tengligi, shaxsning erkinligi va sha’ni kabi demokratik tushunchalarga asoslangan yangicha dunyoqarashning shakllanishi bilan O‘rta asrlardan farq qiladi. Yangi davrning eng xarakterli tomonlaridan biri dunyoni yangicha tushunish asosida insonning tashabbuskorligi, tadbirkorligi uchun keng imkoniyatlar ochilishida namoyon bo‘ldi.

Jahon tarixi, 8 sinf, XVI-XIX asrning 60 yillari, Farmonov R., 2019


Kapitalistik munosabatlarning paydo bo‘lishi.
Bozor munosabatlari jadal rivojlanayotgan Angliya, Niderland qirolligi va Fransiya kabi mamlakatlarda savdogarlar ulgurji savdoga katta ehtiyoj seza boshladi. Ular endi vaqt-vaqti bilan o‘tkaziladigan yarmarkalarga mahsulot olib borish o‘rniga, yirik shaharlarda tashkil qilingan va birja deb atalgan maxsus joylarda o‘z mahsulotlarini e’lon qila boshladi. Shu yerda xaridorlar bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzilib, mahsulot kelishilgan joyga jo‘natilar edi.

Birjalar bilan bir qatorda, zamonaviy banklarning paydo bo‘lishi ham Yangi davr sivilizatsiyasining buyuk yutug‘i bo‘ldi. 0‘rta asrlarda banklar rolini pul maydalaydigan sarroflik do‘konlari bajarar edi. XV asrda zamonaviy ko‘rinishdagi ilk bank — Genuyadagi Avliyo Georgiy banki paydo bo‘ldi.

Keyin Gcarbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham savdogarlarga xizmat ko‘rsatuvchi shunday banklar vujudga keldi. Birja va banklar Yevropada savdo va sanoatning rivojlanishida juda katta rol o‘ynadi.

MUNDARIJA.
Kirish. Yangi davrning boshlanishi.
I BOB. YEVROPADA YANGI DAVRNING SHAKLLANISHI.
1-mavzu: Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati.
2-mavzu: Yangi davr boshlarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida industrial jamiyatning shakllanishi.
3-mavzu: Yevropada Reformatsiya.
4-mavzu: G‘arbiy Yevropada Yangi davr madaniyatining shakllanishi.
II BOB. XVI–XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI.
5-mavzu: Angliyada qirol hokimiyatining kuchayishi. XVII asrdagi Angliya burjua inqilobi.
6-mavzu: XVI–XVIII asrlarda xalqaro munosabatlar.
7-mavzu: Fransiyada mutlaq monarxiya. Buyuk fransuz burjua inqilobi.
8-mavzu: Buyuk fransuz burjua inqilobining yakunlanishi va tarixiy ahamiyati.
9-mavzu: XVI–XVIII asrlarda Germaniya imperiyasi.
10-mavzu: XVI–XVIII asrlarda Rossiya imperiyasi.
11-mavzu: XVIII asrda Shimoliy Amerika. Amerika Qo‘shma Shtatlarining tashkil topishi.
12-mavzu: Ma’rifat asri.
III BOB. XVI–XVIII ASRLARDA OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI.
13-mavzu: XVI–XVIII asrlarda Osiyo mamlakatlari rivojlanishining asosiy xususiyatlari.
14-mavzu: XVI–XVIII asrlarda Xitoy.
15-mavzu: XVI–XVIII asrlarda Hindiston.
16-mavzu: XVI–XVIII asrlarda Yaponiya va Koreya.
17-mavzu: XVI–XVIII asrlarda Usmoniylar imperiyasi.
18-mavzu: XVI–XVIII asrlarda Eron.
19-mavzu: XVI–XVIII asrlarda Afrika mamlakatlari.
IV BOB. 1800–1870-YILLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI.
20-mavzu: 1800–1870-yillarda Buyuk Britaniya.
21-mavzu: 1800–1870-yillarda Fransiya.
22-mavzu: 1800–1870-yillarda Germaniya va Italiya.
23-mavzu: 1800–1870-yillarda Rossiya.
24-mavzu: 1800–1870-yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlari.
25-mavzu: Lotin Amerikasi xalqlarining milliy-ozodlik kurashi.
V BOB. 1800–1870-YILLARDA OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI.
26-mavzu: 1800–1870-yillarda Hindiston.
27-mavzu: 1800–1870-yillarda Xitoy.
28-mavzu: 1800–1870-yillarda Yaponiya.
29-mavzu: 1800–1870-yillarda Koreya.
30-mavzu: 1800–1870-yillarda Usmoniylar imperiyasi.
31-mavzu: 1800–1870-yillarda Eron va Afg‘oniston.
32-mavzu: 1800–1870-yillarda Afrika xalqlari.
Xulosa.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Jahon tarixi, 8 sinf, XVI-XIX asrning 60 yillari, Farmonov R., 2019 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Хештеги: :: :: ::