Учебник по этике для 4 класса на узбекском языке.
Aziz o‘quvchi! Qo‘lingizda turgan kitob sizning 1-2-3-sinflarda «Odobnoma» fanidan olgan bilimlaringizni boyitadi. Bu kitob bilan do‘st tutinsangiz, nafaqat odob-axloq qoidalari, balki hayotda o‘zingiz uchun kerak bo‘ladigan juda ko‘p ma’lumotlarni bilib olasiz.
Siz asta-sekin ulg‘ayib, katta hayot sari qadam qo‘ymoqdasiz. Ana shu hayot bilan tanishishingizda, uning tartib-qoidalarini o‘zlashtirishingizda «Odobnoma» darsligi yordamga keladi.
E’tiboringizga havola etilayotgan ushbu darslikda bu kabi qimmatli fikrlar juda ko‘p. O‘ylaymizki, Siz ularni qunt bilan o‘qiysiz va hayotda ularga amal qilasiz.
YURT TINCHLIGI – EL BOYLIGI.
Vatanni katta oilaga o‘xshatish mumkin. Unda yashovchi insonlar esa ana shu oilaning a’zolaridir. Agar oila a’zolari hamjihat bo‘lib, tinch-totuv yashasalar, bunday oila qut-barakali bo‘ladi. Bunday oilaga hammaning havasi keladi. Demak, mamlakat taraqqiyoti uchun ham insonlar ahil-inoq yashashlari lozim.
Yurtimizdagi tinchlik tufayli biz bilim egallab, kundalik yumushlarimizni bajarib, oilamiz bag‘rida xotirjam hayot kechirmoqdamiz. Afsuski, ana shunday osuda turmushimizni ko‘rolmaydigan, unga raxna solish niyatida bo‘lgan yovuz kimsalar ham yo‘q emas. Ular turli yo‘llar bilan tinchligimizni buzishga urinadilar. Biz yaxshi o‘qib, ota-onamiz va ustozlarimizning gaplariga quloq solsak, ularga qarshi kurashgan bo‘lamiz. Hamisha hushyor bo‘lib, begona, shubhali kishilarning shirin so‘zlariga uchmasligimiz lozim.
MUNDARIJA.
I BOB. O‘ZBEKISTON – MADANIY VA MA’NAVIY MEROSLARGA BOY O‘LKA.
O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat.
Yurt tinchligi – el boyligi.
O‘zbekiston – ko‘p millatli mamlakat.
Ajdodlarimiz ardoqlagan qadriyatlar.
O‘zbekiston – madaniy va ma’naviy meroslarga boy o‘lka.
Davlat tili.
Mustaqillik yillarida tiklangan tarixiy obidalar, yodgorliklar.
Takrorlash.
Milliy merosimiz – faxrimiz.
Yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari. Oilaviy an’analar.
Musiqaning inson hayotidagi o‘rni.
Mamlakatimiz hududlaridagi qo‘shiqchilik san’atining o‘ziga xosligi.
Konstitutsiyamiz – baxtimiz poydevori.
Bizning huquq va burchlarimiz. Qonun-qoida, tartib tushunchalari.
Biz O‘zbekiston fuqorolarimiz.
Mustaqil o‘qish uchun.
II BOB. QUDRATLI YURTNING SOG‘LOM FARZANDLARI.
Yurt tinchligi uchun barchamiz mas’ulmiz.
Bizning armiya.
Sog‘lom turmush tarzi.
Onalik va bolalik davlat muhofazasida.
Hunarning yomoni bo‘lmaydi. Hunarli – unar.
Kasblarning o‘ziga xos xususiyatlari.
Mehnat qilish va kasb tanlash huquqi.
Kim bo‘lsam ekan? (Amaliy mashg‘ulot).
III BOB. EZGULIK – KOMILLIKKA YETAKLAYDI.
Ezgu fazilatlar – inson ko‘rki.
Ma’naviyat insonni ulug‘laydi.
Sehrli so‘zlar.
Maktab – eng ulug‘ dargoh.
Axloq-odob qoidalari (Amaliy mashg‘ulot).
Umumlashtiruvchi dars.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Odobnoma, 4 sinf, Хoliqova M., Ergasheva Sh., 2017 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Хештеги: #учебник на узбекском языке :: #этика :: #Хoliqova :: #Ergasheva :: #4 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- Ona tili, 9 sinf, Mahmudov N.M., Nurmonov A., Sobirov A.Sh., 2014
- Ona tili, 11 sinf, Mahmudov N., Odilov Y.R., Ziyodullayeva G.Sh., 2018
- Ona tili, 9 sinf, Mahmudov N.M., Nurmonov A., Sobirov A.Sh., 2019
- O‘qish kitobi, 4 sinf, Matchonov S., Shojalilov A., G‘ulomova X., 2017
Предыдущие статьи:
- O‘qish kitobi, 3 sinf, Umarova M., Xamrakulova X., Tojiboyeva R., 2019
- Ona tili, 3 sinf, Fuzailov S., Xudoyberganova M., Yoldosheva Sh., 2019
- O‘qish kitobi, 2 sinf, G‘afforova T., Nurullayeva Sh., Mirzahakimova Z., 2018
- Ona tili, 2 sinf, Qosimova K., Ne’matova A., 2018