Учебник по музыке для 4 класса на узбекском языке.
Aziz o‘quvchi! Наr bir xalqning orombaxsh kuy-ohanglari, qo‘shiq-aytimlari, bir so‘z bilan aytganda, milliy musiqasi boMadi. Xalq musiqasi — ko‘p va uzoq asrlik sinovlardan o‘tgan va qalbimizga jo bo‘lgan ma’naviy boyligimizdir.
Xilma-xil cholg‘ularimiz va ularda sadolanib kelayotgan milliy navolarimiz esa ana shu ma’naviy boylikning ajralmas qismidir.
Qo‘lingizdagi darslik sizlarni ana shunday ma’naviy go‘zallik va boyliklardan bahramand etish istagida yozilgan.
Unda xalqimizning turmush tarzi, mehnat faoliyati va turli bayram marosimlari bilan bog‘liq qo‘shiqlari, milliy cholg‘ulari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishasiz, noyob kuy-qo‘shiqlarni tinglaysiz, ulardan ayrim namunalarni kuylashga o‘rganasiz. Shuningdek, O‘zbekiston bastakorlari va kompozitorlarining Siz o‘quvchilar uchun ijod etgan qo‘shiqlari bilan tanishasiz!
XALQ QO SHIQLARI.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotining ajralmas qismini qo‘shiq-aytimlar tashkil etadi. Mavzu va mazmun jihatdan xilma-xil bu qo‘shiqlar o‘zida xalq hayoti, turmush tarzini ifoda etadi. Shu bilan birga qo‘shiqlarda odamlarning ona-Vatanga, tabiatga, atrof-muhitga, oila va yor-u dstlariga mehr tuyg‘ulari badiiy aks etadi.
Xalq qo‘shiqlari dastlab el orasidan chiqqan dehqonlar, hunarmandlar, xizmatchilar va ziyolilar tomonidan turli vaziyatlarda to‘qilgan. Biroq ko‘p hollarda ularning nomlari bizga noma’Ium bo‘lib qolgan, chunki yangi to‘qilgan qo‘shiq, odatda, yozib olinmagan, balki og‘zaki ravishda aytilgan va shu asnoda (yo‘sinda) bir aytuvchidan ikkinchisiga, otadan o‘g‘ilga, bobolardan nabiralarga o‘tib, omma orasida yoyilgan. Shu tarzda o‘zbek xalq qo‘shiqlari ajdodlardan avlodlarga ma’naviy meros bo‘lib, bizga qadar yetib kelgan.
MUNDARIJA.
So‘zboshi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi. A. Oripov so‘zi, M.Burhonov musiqasi.
BIRINCHI CHORAK Xalq aytimlari va cholg‘ulari.
1-2-Mavzu. Xalq qo‘shiqlari.
3-Mavzu. Mehnat qo‘shiqlari.
4-Mavzu. Lapar.
5-Mavzu. Yalla.
6-7-Mavzu. O‘zbek xalq cholg‘ulari.
8-Mavzu. Damli va zarbli cholg‘ular.
IKKINCHI CHORAK Bayram va marosim qo‘shiqlari.
1-Mavzu. Bayram va marosim qo‘shiqlari.
2-3-Mavzu. To‘y marosimi qo‘shiqlari.
4-Mavzu. Xalq raqslari.
5-6-Mavzu. Alla aytimlari.
UCHINCHI CHORAK Mavsum qo‘shiqlari.
1-Mavzu. Mavsum va marosim qo‘shiqlari.
2-3-Mavzu. Qish fasli qo‘shiqlari.
4-5-Mavzu. To‘xtasin Jalilov hayoti va ijodi.
6-7-Mavzu. Ramazon marosimi aytimlari.
8-9-Mavzu. Navro‘z bayrami qo‘shiqlari.
TO‘RTINCHI CHORAK BAHOR FASLI QO‘SHIQLARI.
1-Mavzu. Bahor fasli qo‘shiqIari haqida tushuncha.
2-Mavzu. Bolalar xalq qo‘shiqlari.
3-Mavzu. Bastakor Komiljon Jabborov.
4-5-Mavzu. Bahor elchilari va tabiat.
6-7-Mavzu. Bastakor Faxriddin Sodiqov.
Musiqa lug‘ati.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Musiqa, 4 sinf, Ibrohimov О., 2017 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Хештеги: #учебник на узбекском языке :: #музыка :: #Ibrohimov :: #4 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- Музыка, учебник для 5-класса общеобразовательных школ, Мансуров А., Каримова Д., 2020
- Музыка, 4-класс, Ибрагимов О., 2020
- Музыка, 4-класс, Ибрагимов О., 2020
- Принципы игры и преподавания на скрипке по системе Ивана Галамяна, Векслера К., Лайне Г., 2015
Предыдущие статьи:
- Musiqa, 3 sinf, Nurmatov H., Norxo‘jayev N., 2019
- Musiqa, 2 sinf, Nurmatov H., Norxo‘jayev N., 2018
- Musiqa mashq daftari, 1 sinf, Ganiyeva G., Gapparova V., 2021
- Musiqa, 1 sinf, Norxo‘jayev N., 2021