Учебник по праву для 10 класса на узбекском языке.
Aziz o‘quvchi! Quyi sinflarda siz davlat va huquqning kelib chiqishi, davlat shakllari, xalq hokimiyatchiligi, huquqiy normalar, huquq sohalari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning tuzilishi, maqsad va vazifalari haqida bilimlarga ega bo‘lgansiz. Bu darslikda berilgan bilimlar esa huquqiy bilimlaringizni oshirishga hamda mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquq sohalari bilan tanishishingizga yordam beradi. Darslikdagi amaliy topshiriqlar orqali olgan bilimlaringizni mustahkamlaysiz.
XALQARO HUQUQIY MUNOSABATLAR VA ULARNING PRINSIPLARI.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasiga muvofiq davlatimiz xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
Xalqaro huquq urug‘-qabila munosabatlari parchalanib, birinchi davlatlar yuzaga kelganida paydo bo‘ldi. U davrda qadimgi odamlarda ushbu munosabatlarni tartibga soladigan va urf-odatlarda mahkamlangan muayyan qoidalar shakllanib ulgurgandi. Ibtidoiy-jamoa jamiyatida urug‘ va qabila o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan ushbu qoidalar to‘plamini davlatlarga qadar bo‘lgan qabilalararo «huquq» deb atash mumkin. So‘ngra taraqqiy etib, u xalqaro huquqqa aylandi.
MUNDARIJA.
O‘quvchilarga.
I-BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI — XALQARO HUQUQ SUBYEKTI.
1-§. Huquq — shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi.
3-§. Birlashgan Millatlar Tashkilotining maqsad va vazifalari.
4-§. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi.
5-§. Inson huquq va erkinliklarini himoyalash mexanizmi.
II-BO‘LIM. KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ ASOSLARI.
6-§. Davlatda qonunning ustuvorligi.
7-§. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asoslari.
8-§. Insonparvarlik prinsipi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumining asosi.
III-BO‘LIM. MA’MURIY HUQUQ ASOSLARI.
9-§. O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy huquq.
10-§. Ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik.
11-§. Ma’muriy jazo va uning turlari.
IV-BO‘LIM. FUQAROLIK HUQUQI ASOSLARI.
12-§. O‘zbekiston Respublikasida Fuqarolik huquqi.
13-§. Bitimlar va vakillik.
14-§. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar.
15-§. Fuqarolik-huquqiy shartnomalar shartlari.
16-§. Iste’molchilar huquqlari va majburiyatlari.
17-§. Ishlab chiqaruvchi tomonidan tovar sifatiga beriladigan kafolat.
18-§. Intellektual mulk huquqi.
19-§. Fuqarolik ishining sudda ko‘rib chiqilishi bosqichlari.
V-BO‘LIM. MEHNAT HUQUQI ASOSLARI.
20-§. Mehnatga oid munosabatlar.
21-§. Ishga qabul qilish.
22-§. Mehnatni muhofaza qilish.
23-§. Ishga qabul qilinayotganda hujjatlarni rasmiylashtirish.
24-§. Mehnatga наq to‘lash va intizom.
25-§. Ish vaqti va dam olish vaqti. mehnat shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish.
26-§. Mehnat nizolari va ularni hal etish tartibi.
27-28-§§. Yakuniy takrorlash.
Yuridik atamalar lug‘ati.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Davlat va huquq asoslari, 10 sinf, Kostetskiy V., 2017 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Хештеги: #учебник на узбекском языке :: #право :: #Kostetskiy :: #10 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- Döwlet we hukuk esaslary, 10 synp, Kosteskiý W., 2017
- Мамлекет жана укуктун негиздери, 10 класс, Костецкий В., 2017
- Терроризм и организованная преступность, монография, Солодовников С.А., 2017
- O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari, 8 sinf, Karimova O., Ismatova N., Sariqov Sh., Amanova O., 2019
Предыдущие статьи:
- Yoshlar uchun yuridik ensiklopediya, Bahronov Sh., Madvaliyev O., 2021
- Bolalor uchun yuridik ensiklopediya, Bahronov Sh., Quronov S., 2021
- Тюремная субкультура, учебное пособие, Кожевников Т.С., 2013
- Право интеллектуальной собственности, том 2, Авторское право, Новоселова Л.А., 2017