Texnologiya, 9 sinf, Sattarova Z., Abdusalomova N., Ahmedova N., 2019

Texnologiya, 9 sinf, Sattarova Z., Abdusalomova N., Ahmedova N., 2019.

Учебник по технологии для 9 класса на узбекском языке.

   Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan «Texnologiya» fani sizlarni o‘zlashtirgan mavzularingizni amalda qo‘llay olishga, egallagan bilimlaringizni hayotga tatbiq etishga o‘rgatadi.
Siz quyi sinfl arda «Texnologiya va dizayn» hamda «Servis xizmati» yo‘nalishlari bo‘yicha metall va metallmas materiallarga ishlov berish usullarini, turli hajmdagi uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlashni, elektrotexnika ishlarini bajarishni, milliy, jahon taomlarini pishirishni, kiyim hamda buyumlar bichish-tikishni, to‘qishning oddiy va murakkab usullarini o‘rganib, amaliy ko‘nikmalarni egalladingiz.
9-sinfda esa hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi, ishlab chiqarish va ro‘zg‘orshunoslik asoslari, elektronika asoslari, kasb tanlashga yo‘llash, ijodiy loyiha tayyorlash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirib, kompetensiyalarga aylantirishda darslik sizga yaqin ko‘makchi bo‘ladi.
Darslikda ish namunalari hamda hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlashning texnologik xaritalaridan foydalanib, ularni maktabingiz sharoitiga, o‘z sinfi ngiz imkoniyatiga moslab amalga oshirishingiz mumkin. Mazkur darslik ko‘zlagan maqsadlaringizga erishishingizda sizga yaqindan yordam beradi.

Texnologiya, 9 sinf, Sattarova Z., Abdusalomova N., Ahmedova N., 2019


Zargarlikda ishlatiladigan toshlar.
Qadimgi davrlardanoq insonlar zargarlik toshlarining rangi va jilolanishi kabi xususiyatlarini yuqori baholab kelganlar. Ayniqsa, qizil, och qizil rangdagi toshlar odamlarga ilohiy kuchlarga ishonish va davolovchi manba sifatida xizmat qilgan. XIX asrga kelib bunday toshlarning qiymati faqat rangi bilan emas, balki qattiqligi, tozaligi va hajmining turli-tumanligi bilan ham baholangan.

Qadimdan Osiyo xalqlari orasida feruza, marvarid, zumrad va boshqa qimmatbaho toshlar nihoyatda qadrlangan. Chunki ular inson uchun faqat bezak buyumlari bo‘lib qolmay, balki sog‘liq, ruhiyat uchun ham ijobiy ta’sir etadi, deb hisoblangan.

MUNDARIJA.
Kirish.
TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO‘NALISHI.
1-bob. Hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi.
1.1. Xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar. Hunarmandchilikda foydalaniladigan nodir materiallar va asbob-uskunalar.
1.2. Hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi ko‘rinishi, shakli uzviyligi va yaxlitligining ta’minlanishiga ko‘ra baholash.
1.3. Kompozitsion yaxlitlik. Kichik hajmli belanchak yasash.
2-bob. Ishlab chiqarish va ro‘zg‘orshunoslik asoslari.
2.1. Texnika va uning zamonaviy ishlab chiqarishdagi roli.
2.2. Ishlab chiqarishda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbollari. Zamonaviy texnologiyalar va yangi materiallar.
3-bob. Elektronika asoslari.
3.1. Avtomatika va avtomatik qurilmalar haqida umumiy tushuncha.
3.2. Raqamli hisoblash qurilmalari va ularning vazifasi. Raqamli hisoblash qurilmalarida qo‘llaniladigan sxemalar.
3.3. «Lego» konstruktoridan sodda robot yasash.
4-bob. Ijodiy loyiha tayyorlash texnologiyasi.
4.1. Dizayn komponentlari asosida turli buyumlarning loyiha variantlarini tayyorlash usullari.
4.2. Loyiha taqdimotini tayyorlash va o‘tkazish.
SERVIS XIZMATI YO‘NALISHI.
1-bob. Hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi.
1.1. Xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar.
1.2. Hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi ko‘rinishi, shakli uzviyligi va yaxlitligining ta’minlanishiga ko‘ra baholash.
1.3. Ayollar shimini bichish va tikish.
1.4. Burmali yostiqcha tikish texnologiyasi.
2-bob. Ishlab chiqarish va ro‘zg‘orshunoslik asoslari.
2.1. Texnika va uning zamonaviy ishlab chiqarishdagi roli.
2.2. Ishlab chiqarishda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli. Yangi materiallar va zamonaviy texnologiyalar.
2.3. Kir yuvish mashinasi. Kir yuvish mashinasining turlari, tuzilishi, ishlash prinsipi, foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
2.4. To‘qishning murakkab usullari.
2.5. Dizayn va modellashtirish.
2.6. Karving san’ati.
3-bob. Ijodiy loyiha tayyorlash texnologiyasi.
3.1. Dizayn komponentlari asosida turli buyumlarning loyiha variantlarini tayyorlash usullari.
3.2. Loyiha taqdimotini tayyorlash va o‘tkazish.
4-bob. Kasb tanlashga yo‘llash.
4.1. Kasb tanlashga yo‘llash texnologiyasi.
4.2. Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo‘yicha amaliy mashqlar bajarish.
4.3. Tanlangan kasb-hunarga doir ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish.
4.4. «Men tanlagan kasbni egallashda kelgusi rejalarim» mavzusida ijodiy ish taqdimoti.
«Texnologiya» faniga oid terminlar izohi.
Foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Texnologiya, 9 sinf, Sattarova Z., Abdusalomova N., Ahmedova N., 2019 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Хештеги: :: :: :: :: ::