Учебник по технологии для 3 класса на узбекском языке.
Siz 2-sinf «Texnologiya» darslarida tabiiy va turli materiallardan parrandalar, hayvonlar, kichik hajmdagi o‘yinchoqlar, modellar yasashni, ish qurollaridan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda foydalanishni o‘rgandingiz.
Endi 3-sinfda tabiiy va turli materiallardan bajarilishi jihatdan murakkab, ko‘p bosqichli bezakli o‘yinchoqlar, maket va modellarni yasashni o‘rganasiz. Amaliy ishni bajarish jarayoniga ijodiy yondashib, yangi loyihalarni tayyorlashda ish qurollaridan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirasiz.
Ushbu darslik sahifalarida berilgan ish namunalarini chiroyli va sifatli bajarishda o‘qituvchingiz maslahati, ota-onangiz yordamidan foydalaning. Aziz o‘quvchilar, darslikda berilgan ish namunalarini
bajarish bilan, ularning yangi ko‘rinishlarini yarating, ixtiro qilishga harakat qiling. Kelajakda sizni buyuk ishlar kutayotganligini unutmang.
Ushbu darslik sizga yaqin ko‘makchi bo‘lishiga ishonamiz.
