Ingliz tili, 1 sinf, Sulaymanova B., 2021.
Учебник по английскому языку для 1 класса на узбекском языке.
Bolajonlarimiz – bizning kelajagimiz! Har bir ota-ona o‘z farzandi kelajakda go‘zal xulqli, ilmli va omadli bo‘lishini istaydi. Omadli inson kim? U qobiliyatli insondir. Aslida qobilyatsiz odamning o‘zi yo‘q, ammo qobiliyati vaqtida shakllantirilmay, undan mahrum bo‘lganlar ko‘p. Biz O‘zbekistonimizning kelajagini doimiy e’tiborda ulg‘aygan, o‘ziga ishongan, oilasini sevgan, shu asnoda Vatanni tanigan farzandlarimizda ko‘ramiz. Bu istakni amalga oshirishda oila va maktabning hamkorligi juda muhim, chunki bolajonlarimiz shaxs sifatida shu ikki maskanda shakllanadi.
Hurmatli ota-ona, iltimos, farzandingizning bilim olishiga o‘z hissangizni qo‘shing. Unga ta’lim berayotgan o‘qituvchi bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ta’lim sifatini yanada oshiradi. Ushbu darslik sizga bu borada juda qulay va oson aloqa vositasini taklif etadi.
