Учебник по родному языку для 5 класса на узбекском языке.
Sizlar 1–4-sinflarda «Ona tili» fanining dastlabki tushunchalari haqida ma’lumotlar oldingiz.
Tovush va harf o‘rtasidagi farqlarni ajrata olish ko‘nikmasiga ega bo‘ldingiz, bo‘g‘in, so‘z, so‘z birikmasi, gap to‘g‘risidagi ilk saboqlarni tingladingiz. Lekin bilasizlarmi, o‘zbek tilidan yaxshi xabardor bo‘lish uchun bu bilimlar kifoya qilmaydi. Siz kelgusida yanada ko‘proq mehnat qilishingiz, sabot va chidam bilan ona tilining sir-asrorlarini o‘rganishingiz lozim. Sababi – ona tili barcha fanlarni bilish va o‘zlashtirishning bebaho kaliti sanaladi.
Zo‘r matematik, biolog, shifokor, muhandis, diplomat yoki boshqa kasb egalari bo‘lish uchun, birinchi galda, ona tili va adabiyotni mukammal bilish darkor. Sizlar 5-sinfda so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi, imlo qoidalari, tinish belgilarining ishlatilish o‘rinlari, leksikologiya (so‘z ilmi), lug‘atshunoslik kabi tilshunoslik bo‘limlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
Aziz bolajonlar!
Ona tilining sir-asrorlarini yaxshi bilib olish uchun bu yil ham bir g‘ayrat qilinglar! Bu yo‘lda Sizlarga muvaffaqiyat yor bo‘lsin.
