Oqshom ertaklari olami 9, Rixsiyeva L., 2016.
Ertaklar xalqning ko'ngil oynasi bo'lib, ularda xalqning orzu-umidlari, armonlari, ezgu niyatlari, ichki kechinmalari yorqin aks etadi. Ertaklar vositasida yosh avlod go'zallikni anglash, uni qadrlash ruhida tarbiyalanadi. Xalq og'zaki ijodining boshqa turlari singari, ertaklar mana shu jihatdan ham jamiyat hayotida muhim rol o'ynaydi.