Qodirov

Shohruh va Gavharshod, Tarixiy roman, Qodirov Р., 2021

Shohruh va Gavharshod, Tarixiy roman, Qodirov Р., 2021.

Книги по художественной литературе на узбекском языке.

   Temuriylar sulolasini yuksaltirishda Sohibqironning sadoqatli o‘g‘li Shohruh Mirzo qanday fidoyilik va donolik bilan faoliyat ko‘rsatgani ushbu romanning markaziy mavzularidandir. Ulkan saltanatni parchalanib ketish xatarlaridan saqlab qolishda Shohruh Mirzoga suyukli umr yo‘ldoshi Gavharshod begim va buyuk olim o‘g‘li Ulug‘bek Mirzo yaqindan yordam berganliklari romanda aniq tarixiy faktlar asosida tasvirlanadi. Dramatik voqealarga boy bu asarda ulug‘ shoir Alisher Navoiy va uning do‘sti Husayn Boyqaroning yoshlik davrlariga va tarixda yorqin iz qoldirgan oliyjanob ishlariga ham alohida o‘rin beriladi.
Asaming ilk varianti “Ona lochin vidosi” nomi bilan chop etilgan va kitobxonlar tomonidan yaxshi kutib olingan edi. Romanning ushbu to‘ldirilgan nashrida Xoqoni Said nomini olgan Shohruh Mirzo, uning buyuk o‘g‘li Ulug‘bek va donishmand umr yo‘ldoshi Gavharshod begim ibratli bir oila sifatida Sohibqiron yaratgan ulug‘ saltanatni qirq yildan ortiq adolat bilan boshqarib, temuriylar sulolasining rivojiga ulkan hissa qo‘shganliklari muhtaram kitobxonlarda yorqin taassurot qoldiradi, degan umiddamiz.

Shohruh va Gavharshod, Tarixiy roman, Qodirov Р., 2021
Скачать и читать Shohruh va Gavharshod, Tarixiy roman, Qodirov Р., 2021
 

Shohrux va gavharshod, Tarixiy roman, Qodirov P., 2014

Shohrux va gavharshod, Tarixiy roman, Qodirov P., 2014.

Книги по художественной литературе на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Shohrux Mirzo suyukli malikasi Gavharshod begimga atab Hirotning ko‘krakdor joyiga oq marmardan uch oshiyonlik qasr qurdirgan. Qasr atrofidagi bag‘ri keng bog‘da sarvlar, baland bo‘yli va mayda bargli lisonut-tayr’ va sanobar daraxtlari saf tortgan. Jiydaga o‘xshagan kumushrang bargli bu azim daraxt-lar quyoshda nuqraday oqish bo‘lib ko‘rinadi va oq marmar qasrga juda mos keladi. Shuning uchun bu boqqa Oydinbog‘ — Bog‘i Safed deb nom berganlar.

Shohrux va gavharshod, Tarixiy roman, Qodirov P., 2014
Скачать и читать Shohrux va gavharshod, Tarixiy roman, Qodirov P., 2014
 

Najot, Afsona-qissa, Qodirov P., 2020

Najot, Afsona-qissa, Qodirov P., 2020.
 
Книги по художественной литературе на узбекском языке.

   Hech qanday manfaatlarsiz odamlarga yaxshilik qilmoqqa chog'langan, bu yo'lda hatto o‘z jonini fido etishdan qaytmaydigan mard o'g'lonlar kamol topgan bu yurtda. Ulaming qahramonliklari asrlardan-asrlarga o‘tib, afsonaga aylangan. Oilada tug'ilgan o‘g‘il farzandini yurt koriga yaraydigan, vatani va oilasining xaloskori qilib tarbiyalashni niyat qilgan onajonlarimizga bag'ishlanadi bu kitob.
Shuningdek, mehnatim, nomusim, g'ururim bilan el orasida hurmat qozonaman, degan ulug‘ maqsad bilan yashayotgan yosh do'stlarimiz uchun bu kitob.
Azaliy va o'lmas mavzu yaxshilik va uning inson hayotidagi o‘rni masalasiga bag'ishlangan «Najot» afsona-qissasini e’tiboringizga havola qilishdan maqsadimiz - bugun kamolga yetayotgan, qadr-qimmat masalalari biroz unut bo'layotgan axborotlashuv asrida yosh do'stlarimizga ular buyuk avlodning ajdodi ekanliklarini eslatishdan iborat.

Najot, Afsona-qissa, Qodirov P., 2020
Скачать и читать Najot, Afsona-qissa, Qodirov P., 2020
 

Avlodlar dovoni, Tarixiy roman, Qodirov P., 2020

Avlodlar dovoni, Tarixiy roman, Qodirov P., 2020.

Книги по художественной литературе на узбекском языке.

   Bu roman kitobxonlaming talablariga javoban yozildi. «Yulduzli tunlar »ni o‘qigan zamondoshlarimiz uchrashuvlarda, xatlarda, maqolalarda asaming xotimasidan qoniqmaganlarini takror-takror aytdilar, o‘sha davrda Movarounnahrdan Hindistonga borib qolgan iste’dodli tarixiy shaxslar xalqlarimiz orasidagi hamkorlik va madaniy aloqalar rivojiga qanday hissa qo‘shganlari atroflicha tas-virlab berilishi kerak, deb tilak bildirdilar.

Avlodlar dovoni, Tarixiy roman, Qodirov P., 2020
Скачать и читать Avlodlar dovoni, Tarixiy roman, Qodirov P., 2020
 

Umumiy biologiya bo‘yicha masalalar to‘plami, Uslubiy qo‘llanma, Qodırov N.X., Jumaboyeva S.I., 2016

Umumiy biologiya bo‘yicha masalalar to‘plami, Uslubiy qo‘llanma, Qodırov N.X., Jumaboyeva S.I., 2016.

Учебник по биологии на узбекском языке.

  Mazkur qo‘llanma biologiya fanining ma’lum bir qismlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi, irsiy kasalliklar, odamdagi normal patologik belgilarning nasldan-naslga o‘tishi haqida birmuncha axborotlarni o‘quvchi yoshlarga taqdim etadi. Unda fanlarni to‘laqonli tushunishlari uchun genetika va DNK ga oid masala va mashqlar berilgan. Odamlardagi o‘rganilgan har bir dominant va resessiv belgilar, kasalliklarning sabablari, hujayrada kechadigan murakkab biologik jarayonlar, jumladan, oqsil biosintezi, xromosoma strukturasi va boshqa mavzularga doir ma’lumotlar ushbu qo‘llanmada aks etgan.

Umumiy biologiya bo‘yicha masalalar to‘plami, Uslubiy qo‘llanma, Qodırov N.X., Jumaboyeva S.I., 2016
Скачать и читать Umumiy biologiya bo‘yicha masalalar to‘plami, Uslubiy qo‘llanma, Qodırov N.X., Jumaboyeva S.I., 2016
 

Ona tili, 5 sinf, Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Qodirov V., 2015

Ona tili, 5 sinf, Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Qodirov V., 2015.

Учебник по родному языку для 5 класса на узбекском языке.

   Sizlar 1–4-sinflarda «Ona tili» fanining dastlabki tushunchalari haqida ma’lumotlar oldingiz.
Tovush va harf o‘rtasidagi farqlarni ajrata olish ko‘nikmasiga ega bo‘ldingiz, bo‘g‘in, so‘z, so‘z birikmasi, gap to‘g‘risidagi ilk saboqlarni tingladingiz. Lekin bilasizlarmi, o‘zbek tilidan yaxshi xabardor bo‘lish uchun bu bilimlar kifoya qilmaydi. Siz kelgusida yanada ko‘proq mehnat qilishingiz, sabot va chidam bilan ona tilining sir-asrorlarini o‘rganishingiz lozim. Sababi – ona tili barcha fanlarni bilish va o‘zlashtirishning bebaho kaliti sanaladi.
Zo‘r matematik, biolog, shifokor, muhandis, diplomat yoki boshqa kasb egalari bo‘lish uchun, birinchi galda, ona tili va adabiyotni mukammal bilish darkor. Sizlar 5-sinfda so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi, imlo qoidalari, tinish belgilarining ishlatilish o‘rinlari, leksikologiya (so‘z ilmi), lug‘atshunoslik kabi tilshunoslik bo‘limlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
Aziz bolajonlar!
Ona tilining sir-asrorlarini yaxshi bilib olish uchun bu yil ham bir g‘ayrat qilinglar! Bu yo‘lda Sizlarga muvaffaqiyat yor bo‘lsin.

Ona tili, 5 sinf, Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Qodirov V., 2015
Скачать и читать Ona tili, 5 sinf, Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Qodirov V., 2015
 

Adabiyot, 7 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2017

Adabiyot, 7 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2017.

Учебник по литературе для 7 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Ilohiy kitoblarda aytilishicha, so‘z dunyodagi barcha narsalarning asosidir. Rivoyat qiladilarki, Tangri o‘zining qudrati va jamoliga ko‘zgu bo‘ ladigan yaratiq barpo etishni istaydi-yu, kunlarning birida: «Yaral!» (arabchasi «Kun!») – degan so‘zni aytadi. Yaratgan amrining ifodasi bo‘lmish ana shu birgina so‘zning kuchi bilan o‘n sakkiz ming olam va undagi jamiki narsalar dunyoga keldi. Demak, so‘z olam va undagi narsalardan oldin paydo bo‘lgan ekan. So‘zning cheksiz qudratini shundan ham bilsa bo‘ladi. Har qanday inson hayotida juda katta ahamiyat kasb etadigan badiiy adabiyot ana shunday qudratga ega bo‘lgan so‘z bilan ish ko‘radigan san’at turidir. Shuning uchun ham badiiy adabiyot so‘z san’ati deb yuritiladi.

Adabiyot, 7 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2017
Скачать и читать Adabiyot, 7 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2017
 

Adabiyot, 9 sinf, 1 qism, Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2014

Adabiyot, 9 sinf, 1 qism, Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2014.

Учебник по литературе для 9 класса на узбекском языке.

   Badiiy adabiyot yoxud ma’lum bir asarning inson ruhiyati va tafakkuriga ta’siri sababi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Balki bu savolga badiiy asarlar bilan ilmiy risolalarni solishtirib ko‘rish orqali javob izlarsiz. Ammo siz, aziz o‘quvchilar, mazkur darslikni diqqat bilan o‘qib-o‘rganib chiqsangiz, yuqoridagi savolga so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy, mutafakkir shoir Zahiriddin Muhammad Bobur yoki o‘zbek romanchiligiga asos solgan Abdulla Qodiriy, otashnafas shoir Cho‘lpon va boshqa ijodkorlar asarlaridan to‘liq javob topasiz.

Adabiyot, 9 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2014
Скачать и читать Adabiyot, 9 sinf, 1 qism, Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2014
 
Показана страница 1 из 2




 

2024-12-21 20:51:26