Учебник по информатике для 10 класса на узбекском языке.
Darslikda Sizning quyi sinflarda olgan Microsoft Office Excel elektron jadvalda ishlashni davom ettirib, MS Excel 2010 da amallar va formulalar, funksiyalar kutubxonasi bilan ishlash hamda mantiqiy va matematik funksiyalardan foydalanib, amallar bajarishni o‘rganasiz. Darslikning ikkinchi bobida MS Access 2010 ma’lumotlar ombori haqida tushuncha berilib, uning boshqarish tizimlari, jumladan, ma’lumotlar omborini tashkil etish, ma’lumotlar omborida jadvallami o‘zaro bog‘lash, ma’lum bir shablon bo‘yicha maMumotlar qidirish va ulaming qayta ishlash usullari bilan tanishasiz. Darslikning uchinchi bobida Delphi dasturlash muhitida ilovalar yaratish asoslari bilan tanishasiz. Xususan, ilova oynasini hosil qilish, unga tayyor boshqarish obyektlarini joylash va interfaol ilovalami yaratish imkoniyatlarini o‘zlashtirasiz. Bir so‘z bilan aytganda, darslikdagi bilimlarni o‘zlashtirib, siz uzviy ravishda o‘z-o‘zingizni ma’naviy, ruhiy va intelektual rivojlantirish, kamolotga intilish, kognitivlik ko‘nikmalaringizni mustaqil ravishda mimtazam oshirib borasiz va o‘z xatti-harakatingizni baholash imkoniyatiga ega bo‘lasiz degan umiddamiz.
