Oʻzbek tilida erkin muloqotga kirishishni o‘rganib, bilimlaringizni yanada oshirishga intilyapsiz. 9-sinfda o‘zbek tilidan og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalaringizni o‘stirish maqsadida yangi nutqiy mavzular, ularni ifodalashga xizmat qiluvchi leksik va grammatik vositalami o‘zlashtirasiz. Nutqiy mavzulami izchil va oson o‘zlashtirishingizni ko‘zda tutib, mavzularni 2-3 darsga ajratgan holda tavsiya etdik. Mavzu doirasida unga xos nutqiy qoliplarni aks ettirgan matn, matn yuzasidan topshiriq, dialog, mashqlar va uy vazifasini bajarasiz. Oʻquvchilar, nutqingizni yuqori darajada o‘stirish, avvalo, o‘zingizga bog‘liq ekanligini aslo unutmang. Darsda faol bo‘lishga intiling!
