Книги по художественной литературе на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Meshpolvon to‘g‘risida oltiariqliklar juda ko‘p hangomalar aytib yurishadi. Bulami eshitmabsiz, bu dunyoga kelmabsiz. Lekin, shunisiyam borki, uning g‘aroyib kechinmalarini birov undoq ta’riflasa, boshqasi: «Yo‘q, aslida bundoq bo‘lgan», deydi. Menimcha, ertakchilaming Kammasiyam haq. Chunki, zig‘irdekkina haqiqatdan tug‘ilgan qissanamo bu cho‘pchak asrlar davomida og‘izdan-og‘izga o‘tib, keng ildizlayvergan, har bir ota-ona o‘g‘il-qiziga o‘zidan qittak qo‘shib so‘zlayvergan. Ahvol shunday bo‘lgandan keyin, endi borini ortiqcha yashirmay, yo‘g‘ini loflab oshirmay, sizlarga o‘rtachasini hikoya qilib berganim tuzuk.
