Книги по художественной литературе на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir gulzorda kapalaklar, ninachilar, chumolilar, asalari-yu, qovoqarilar, chigirtkalar, turli qo'ng'izchalar ahil-inoqlikda do'st bo'lib yashashar ekan. Ularning orasida Xonqizi degan ajoyib bir qo'ng'izcha bo'lib, chiroyli, mehribon va muloyimligi bilan boshqa qung'izlardan ajralib turar ekan. Uni gulzordagi barcha do'stlari yaxshi ko'rar, ajoyib xislatlari uchun uni Xonqizi deya alqasharkan. Xonqizi guldan-gulga uchar, turli ranglardan zavqlanib, she'rlar to'qir va gulzorda nishonlanadigan bayramlarda ularni do'stlariga o'qib berarkan. U o'zining she'rlarini gul yaproqlari va barglariga yozishni yaxshi ko'rarkan.
